14-oktabr, chorshanba10:42Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Frilanserlar faoliyati bilan shug‘ullanish uchun yaxshi imkoniyat

Coursera butun dunyo bo‘ylab universitet talabalari uchun o‘z kurslariga bepul kirish imkoniyatini ochdi.

1 daqiqa o'qish318 marta o'qildi

1 iyundan boshlab Coursera onlayn ta’lim platformasi butun dunyo bo‘ylab kollej va universitet talabalariga o‘z kurslariga bepul kirish imkoniyatini ochdi.

Talabalar uchun 3800 dan ortiq kurslar, 150 mutaxassislar ishtirokidagi interfaol loyihalar, 400 mutaxassislik va 11 professional sertifikatlash dasturlari mavjud.

Ta’lim muassasalariga tegishli domenlarida tasdiqlangan elektron pochta manzillariga ega talabalar va ushbu yil bitiruvchilari kurslarda qatnashishlari va sertifikatlarni bepul olishlari mumkin.

Bepul ro‘yxatdan o‘tish 31 iyulgacha davom etadi. Siz 30 sentyabrgacha tanlangan dasturlarni bajarishingiz kerak. Ushbu sanadan keyin talabalar faqat soha mutaxassislari ishtirokidagi interfaol loyihalarga bepul kirish huquqini saqlab qoladilar.

Coursera ham bepul, ham pullik kurslarni taqdim etadi, ammo siz bitiruv sertifikati olish uchun to‘lov qilishingiz kerak. Xizmatga yillik obuna 399 dollarni tashkil etadi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi