14-oktabr, chorshanba08:07Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Davlat bog‘chalari nima uchun kechroq ochilishi yuzasidan izoh berildi

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, 15 iyundan boshlab, “yashil” va “sariq” hududlarda maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatiga ruxsat beriladi.

1 daqiqa o'qish224 marta o'qildi

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, 15 iyundan boshlab, “yashil” va “sariq” hududlarda maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatiga ruxsat beriladi.

Bog‘chalar, bozorlar va avtobus qatnovlariga ruxsat berildi

Hozirda Maktabgacha ta’lim vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi, JSST va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh bilan MTTlar faoliyatini tiklash borasida qo‘yiladigan talablar tartibi to‘g‘risida Nizom ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ayni damda MTTlar faoliyati xavfsizligini ta’minlash maqsadida barcha sharoitlarni yaratish, jumladan, tarbiyalanuvchilarning ovqatlanishini tashkil etish uchun oziq-ovqatlar, himoya vositalarini sotib olish, o‘rnatish va dezinfeksiya qilish ishlari, shuningdek, MTT xodimlarini mehnat ta’tilidan chaqirish bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Zarur xavfsizlik choralarini ta’minlab beruvchi xususiy MTTlari 2020 yil 15 iyundan faoliyatini boshlashi mumkin.

«Maktabgacha ta’lim vazirligi barcha holatlarni inobatga olib, davlat MTTlari faoliyatini xavfsiz va sifatli tashki etishga qaratilgan dastur asosida 15 iyundan 1 iyulgacha yo‘lga qo‘yadi. Shu bois vaziyatni to‘g‘ri baholashingizni so‘raymiz», deyiladi xabarda.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi