14-oktabr, chorshanba08:06Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Eksportchilar uchun muhim yangilik: Farg‘onada «mini eksport bozori» tashkil etildi

“Mini eksport bozori"da eksportyor, broker hamda bevosita dehqonning o‘zi ham ishtirok etadi. Ya’ni bog‘bon ham bu bozor orqali chet ellik xaridorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri oldi-sotdi ishlarini amalga oshirishi mumkin.

1 daqiqa o'qish172 marta o'qildi

«O‘zbekiston eksportchilari uyushmasi» hamda mahalliy tadbirkorlar ko‘magida Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida «mini eksport bozori» tashkil etildi. U yerda qishloq xo‘jaligi va meva sabzavot mahsulotlari eksport qilinadi.

«O‘zbekiston eksportchilari uyushmasi» matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, eksportchi yoki brokerlar endilikda kunlab vaqt sarflamay kerakli miqdordagi mahsulotlarni bir necha soat mobaynida shu yerning o‘zida yig‘ib olishi mumkin. 3 gektarlik hududda eksportyor, broker hamda bevosita dehqonning o‘zi ham ishtirok etadi. Ya’ni bog‘bon ham bu bozor orqali chet ellik xaridorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri oldi-sotdi ishlarini amalga oshirishi mumkin.

O‘zbekistonda yetishtirilgan 20 tonna gilos Koreyaga yetkazildi

Mazkur bozorda 100 kg dan cheklanmagan miqdorgacha tovar eksport qilish mumkin. Hozirda ushbu platforma xaridorlari Rossiya, O‘rta Osiyo Xitoy va MDH davlatlaridir. Eksport bozori har kuni soat 19:00 dan 01:00 ga qadar ishlaydi.

Yana bir yangilik, tez kunlarda uyushma Qo‘qon shahrida ham tekstil mahsulotlari eksporti bozorini ochishi kutilmoqda. Eksportyorlarga yengillik yaratish maqsadida, logistika aynan ushbu savdo hududining o‘zidan chetga chiqib ketishiga moslashtirilmoqda. Ya’ni, maxsus terminal joriy qilinib bojxona xizmatlari ham shu yerning o‘zida ko‘rsatilishi rejalashtirilgan.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi