14-oktabr, chorshanba08:57Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

O‘zbekistonda yetishtirilgan 20 tonna gilos Koreyaga yetkazildi

O‘zbek giloslari savdo tarmoqlari orqali Koreyaning supermarket va bozorlarida sotuvga chiqariladi.

1 daqiqa o'qish92 marta o'qildi

27 may kuni "Uzbekistan Airways" AJning charter yuk reysi orqali mamlakatimiz bog‘bonlari tomonidan yetishtirilgan 20 tonna gilos Inchonga yetkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.

O‘zbek gilosi Rossiya bozorlarida 7,3 AQSh dollardan sotilmoqda

Mahsulot Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi "UZ SEGANG LLC" kompaniyasi tomonidan eksportga jo‘natilgan. Janubiy Koreyaning "Sunfinite Co.LTD" kompaniyasi vakillari yukni qabul qilib oldi.

O‘zbek giloslari savdo tarmoqlari orqali ushbu mamlakat supermarket va bozorlarida sotuvga chiqariladi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonning Seuldagi diplomatik vakolatxonasi mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va yetishtirilgan mahsulotlarni Janubiy Koreya bozoriga eksport hajmini kengaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirmoqda.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi