# Farg‘ona

ITSV Farg‘onada yetishtirilgan pomidor va qalampirning Rossiyaga olib kirilishi ta’qiqlanishi yuzasidan izoh berdi
Farg‘ona viloyatidan pomidorlarning alohida partiyasida pomidor mevasining jigarrang tirishiqi virusi aniqlanganligi sababli cheklovlar joriy etilgan. Shu bilan birga, ToBRFV o‘simliklar virusining yangi shtammi bo‘lgani uchun O‘zbekiston hududida ilgari aniqlanmagan. YeOII mamlakatlarida ham ushbu virusga nisbatan taqiq mavjud emas.

Farg‘onada yetishtirilgan pomidor va qalampirning Rossiyaga olib kirilishi ta’qiqlandi
O‘zbekistonning ushbu hududidan olib kelingan pomidor va qalampirlarda jigarrang burushiqlik virusi borligi aniqlangan. Farg‘ona pomidor va qalampirlariga ta’qiq shuning uchun qo‘yilgan.

Farg‘onada yetishtirilgan shaftolilar qaysi davlatlarga eksport qilindi?
Joriy yilda 47,7 ming tonna shaftoli mevasi xorijga eksport qilindi. Eksport qilingan jami shaftolining 16,7 ming tonnasi Farg‘ona viloyati hissasiga to‘g‘ri kelgan.

O‘zbekiston Turkiya bilan 39 ta bitim imzoladi
Farg‘ona viloyati delegatsiyasi Turkiya Respublikasiga amaliy tashrif bilan bordi. Tashrif chog‘ida Bursa Ulug‘dag‘ universitetining Marg‘ilon shahrida filialini ochish, “Farg‘ona-Istanbul”, “Farg‘ona-Antaliya» va boshqa yo‘nalishlarda aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

So‘x tumani uchun 500 ta maqsadli qabul parametrlari ajratiladi
Farg‘ona viloyatining So‘x tumani uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha davlat granti asosidagi 500 ta o‘rin miqdoridagi maqsadli qabul parametrlari ajratiladi.

Farg‘onada 500 dan ortiq agrosanoat xizmatlarini ko‘rsatadigan markaz faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi doirasida zamonaviy innovatsion “Agroxizmatlar markazi” faoliyati ilk bor Farg‘ona viloyatida yo‘lga qo‘yiladi.

Shavkat Mirziyoyev: Imkoniyat bo‘la turib, biz kimni boqyapmiz? Xalqimizni boqsak bo‘lmaydimi?
Andijon viloyatida kalsit, Samarqandda kvars, Toshkent viloyatida kaolin, Qashqadaryoda dala shpati va Farg‘onada dolomit xomashyosi bor. Lekin yiliga qariyb 650 ming dona santexnika tovarlari import qilib kelingan.

Farg‘onada yoshlarni ish bilan ta’minlash masalasi qanday hal etilmoqda?
Farg‘ona viloyatida 2019 yil yakunlari bo‘yicha jami 49 168 nafar ishsiz yoshlar ro‘yxatga olingan.

Eksportchilar uchun muhim yangilik: Farg‘onada «mini eksport bozori» tashkil etildi
“Mini eksport bozori"da eksportyor, broker hamda bevosita dehqonning o‘zi ham ishtirok etadi. Ya’ni bog‘bon ham bu bozor orqali chet ellik xaridorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri oldi-sotdi ishlarini amalga oshirishi mumkin.

Farg‘onada karantin ichki karantin postlari olib tashlandi
4 maydan boshlab Farg‘ona viloyatida karantin postlari faoliyati to‘xtatildi.