14-oktabr, chorshanba08:06Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

15 iyundan umumiy ovqatlanish ob’yektlari ham ish boshlaydi

Umimiy ovqatlanish ob’yektlari faoliyatiga bir qancha shartlarga amalga qilgan holda ishlashlari uchun ruxsat berildi.

1 daqiqa o'qish122 marta o'qildi

15 iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda umimiy ovqatlanish ob’yektlari faoliyatiga ham ruxsat berilmoqda.

5 iyundan machitlarda namoz o‘qishga ruxsat berildi

Shu bilan bir qatorda umumiy ovqatlanish ob’yektlari faoliyatini tashkil etishga qo‘yiladigan asosiy talablar sifatida quyidagilar belgilab qo‘yildi:

  • banketlar va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik;
  • faoliyatini 8:00 dan 23:00 ga qadar tashkil etish;
  • stollar oralig‘idagi 2 metrdan kam bo‘lmagan ijtimoiy masofani ta’minlash;
  • bir stol atrofida 4 kishidan ko‘p bo‘lmagan (10 kishidan ko‘p bo‘lmagan bir oila a’zolari bundan mustasno) mijozlarni joylashtirish;
  • xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqopda bo‘lishi;
  • har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash.
O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi