Siyosat

Prezident farmoni bilan yangi vazirlik tashkil etildi
O‘zbekiston Prezidentining 18 fevral kuni qabul qilingan farmoniga ko‘ra, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) bo‘linmalari tashkil etildi.

O‘zbekiston Prezidenti Vengriya delegatsiyasini qabul qildi
Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda bo‘lib turgan Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Ular bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqishdi.

Maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisiga yer ajratishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi
Maxsus iqtisodiy zonaning faoliyat ko‘rsatish muddatini uzaytirish, chegaralarini o‘zgartirish va uni tugatish Prezident qaroriga binoan amalga oshiriladi.

1 avgustgagacha litsenziya berish elektron tizimga o‘tadi
Shavkat Mirziyoyev Axborot texnologiyalari va kommuni-katsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligiga joriy yil 1 avgustga qadar litsenziya berish bilan bog‘liq barcha jarayonlarni to‘liq avtomatlashgan yagona elektron tizimini ishga tushirish vazifasini qo‘ydi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti kutubxonasining ochilish marosimida qatnashadi
Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga ko‘ra Turkiya boradi. O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari hamraisligida ikki tomonlama Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishida qatnashadi.

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonda "2019 yil odami" deya e’tirof etildi
Qirg‘izistonning “Ala-Too Ayimdari” ekologik harakati tomonidan O‘zbekiston Prezidentiga “2019 yil odami” mukofoti berildi. Mukofotni qabul qilib olish uchun O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Bishkek shahriga bordi.

Prezident qarori bilan Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutini tashkil etildi
Prezidentining qarori bilan Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali negizida Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti tashkil etildi. Institutga qabul har yili belgilanadigan O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari doirasida amalga oshiriladi

Shavkat Mirziyoyev: Bozor bo‘lmasa, eksport ham bo‘lmaydi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektorda meva-sabzavotchilik va uzumchilik klasterlari faoliyatini samarali tashkil qilishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Surxondaryoda yangi tashkil etilgan tumanga hokim, prokurori va ichki ishlar boshlig‘i tayinlandi
Bandixon tumanida viloyat hokimi ishtirokida o‘tkazilgan Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari birinchi sessiyasi tumani hokimi tayinlandi.

O‘zbekiston Prezidentining Rossiyaga tashrif muddati ma’lum bo‘ldi
Shavkat Mirziyoyev iyun oyida Rossiyaga tashrif buyuradi. Moskvadagi VDNX bog‘ida joylashgan "O‘zbekiston" paviloni ham Mirziyoyevning tashrifi doirasida ochilishi rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev DXX bilan chegarani qo‘riqlash masalasini muhokama qildi
Prezident 13 fevral kuni DXX va Xavfsizlik kengashi apparati bilan o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston chegarasini qo‘riqlash va muhofaza qilish to‘g‘risida bir qancha topshiriqlar berdi.

Axborot texnologiyalari texnologik parki xodimlari uchun uy va sport majmualari quriladi
13 fevral kuni Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda axborot texnologiyalari texnologik parki xodimlari hamda xorijiy mutaxassislar uchun ko‘p qavatli turar joy, mehmonxona, sport majmualari tashkil etish haqida aytib o‘tildi.

Shavkat Mirziyoyev yangi vazirlik tashkil etish to‘g‘risida taklif bildirdi
Shavkat Mirziyoyev 12 fevral kuni mahalla tizimini takomillashtirish to‘g‘risida o‘tkazgan yig‘ilishda Mahalla va oila masalalari vazirligini tashkil etish taklifini bildirdi. Yangi vazirlik 40 mingdan ortiq xodimni birlashtiradi. Shuningdek, mahalla raisi endi 5 yilga tayinlanadi va 1 martdan oyligi oshiriladi. Prezident yig‘ilishda mahalla raisi maqomi ko‘chaytirilishi haqida ham gapirib o‘tdi.

O‘zbekiston Xitoyga gumanitar yordam yuboradi
Koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish yuzasidan O‘zbekiston Xitoyga insonparvarlik yordamini ko‘rsatadi. Prezident farmoyishiga ko‘ra 6 xil turdagi tibbiy buyumlar yuboriladi.

Toshkentda Germaniya iqtisodiyotining vakolatxonasini ochiladi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Germaniya iqtisodiyotining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi rahbari Hovsep Voskanyan bilan Toshkentda Germaniya iqtisodiyotining vakolatxonasi ochilishini muhokama qildi.

Korrupsiya “botqog‘i”dagi sohalar “tozalanadi” hamda davlat xizmatchilarining mol-mulki deklaratsiya qilinadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 11 fevral kuni korrupsiyaga qarshi kurashish hamda jamoatchilik nazorati tizimlarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Abdulla Aripov: Birja savdolarida monopol mahsulotlarni sotishning yagona tartibi joriy etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida Bosh vaziri Abdulla Aripov birja savdolarida yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni sotishning yagona tartibini joriy etish rejalashtirilganigi haqida gapirib o‘tdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi ShHT MKK yig‘ilishida qatnashadi
Moskvada o‘tkaziladigan yig‘ilishda ShHT Sammitida qabul qilinishi rejalashtirilayotgan hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqiladi.

Amaliy natijadorlik va xalq manfaatlarini ro‘yobga chiqarish – asosiy mezon
Joriy hafta mamlakatimiz siyosiy hayotida muhim voqealarga boy bo‘lmoqda. Kecha yangi shakllangan parlament palatalarining birinchi majlislari o‘tkazildi. Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

Prezidentning parlamentga murojaati 24 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi
Prezidentning parlamentga murojaati 24 yanvar kuni bo‘ladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi birinchi tashkiliy yig‘ilishida ma’lum qildi.

Qonunchilik palatasining birinchi majlisi boshlandi
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Jahon banki delegatsiyasini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 yanvar kuni Jahon banki vitse-prezidenti Siril Myuller boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

O‘zbekiston Prezidenti Sergey Lavrovni qabul qildi
Bugun, 16 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sergey Lavrovni qabul qildi.

Eksport, investitsiya va mahalliylashtirishni kengaytirish masalalari muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 yanvar kuni eksport, investitsiya va mahalliylashtirishni kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.