Barcha yangiliklar

Forbes O‘zbekistonda ham nashr etiladi
Qozog‘istonlik tadbirkor, Forbes Kazakhstan va Forbes Georgia noshiri Armanjan Baytasov Forbes Uzbekistan jurnali chop etilishini ma’lum qildi. Ilk sonning mart oyida nashr etilishi kutilmoqda.

O‘zAning asosiy vazifalari belgilandi
“O‘zbekiston Milliy axborot agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori (PQ–4541-son, 02.12.2019 y.) qabul qilindi.

Kelgusi yilda islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha vazifalar belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 dekabr kuni 2020 yilda ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlarni jadallashtirish, bu boradagi maqsadli parametrlarni belgilash va ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

«Milliy bank» aksionerlik jamiyati shaklida qayta tashkil etildi
«Milliy bank» unitar korxonadan aksionerlik jamiyati shaklida qayta tashkil etildi. Asosiy faoliyat turi bilan bog‘liq bo‘lmagan aktivlari sotiladi.

Soliq to‘lovchilarga yaratiladigan yashil, sariq va qizil yo‘laklar nimani anglatadi?
Parlament quyi palatasidagi siyosiy partiya fraksiyalari hamda qo‘mitalari yig‘ilishlarida kechayotgan muhokamalarda yangi tahrirdagi Soliq kodeksi to‘g‘risidagi qonun loyihasi maromiga yetkazilmoqda, deyiladi Qonunchilik palatasi saytida.

Xorijga ishga ketayotgan O‘zbekiston fuqarolarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Memorandumlar imzolandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 avgustdagi “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a’zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risida”gi PF-5785-son farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida 2019 yilning 28 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Mehnat vazirligi, “O‘zagrosug‘urta” AJ hamda “Mikrokreditbank” ATB o‘rtasida hamkorlik memorandumlarini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonunni ham ma’qullashdi
Senatorlar “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ham muhokama qilishdi.
“Turkmanenergo” bilan kelishuv: 1 dekabrdan elektr energiyasi ta’minotida ijobiy o‘zgarishlar bo‘ladi
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Turkmaniston Respublikasining “Turkmanenergo” davlat elektr energetika korporatsiyasi bilan 2019-2020 yillarda elektr energiyasini import qilish yuzasidan ma’lum kelishuvga erishdi.

Byudjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga yangi me’yorlar kiritiladi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisida parlament a’zolari “Byudjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqdi.

O‘zbekiston-Yaponiya: o‘zaro hamkorlik yangi bosqichga ko‘tariladi
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultonov Yaponiyaning “Mitsubishi Corporation” kompaniyasi rahbariyati a’zosi Yasayuki Asakura bilan uchrashdi. Vazirlikda bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida matbuot xizmati ma’lum qildi.

Davlat byudjeti: 2020 yilda kutilayotgan prognozlar
Oliy Majlis Senati yigirma to‘rtinchi yalpi majlisida Bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov 2020 yilda soliq islohotlarini davom ettirish bilan birga byudjet siyosatida ham jiddiy o‘zgarishlar nazarda tutilayotganini qayd etdi.

“Boshqaruv kadrlari portali” yaratiladi
“Davlat boshqaruvida ilg‘or davlat menejmenti va “aqlli” boshqaruv prinsiplarini bosqichma-bosqich joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Hukumat qarori (959-son, 28.11.2019 y.) qabul qilindi.
"Qishloq qurilish bank" Buxoro viloyatiga press-tur uyushtirdi
Aksiyadorlik-tijorat "Qishloq qurilish bank" o‘z faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aholiga kengroq ma’lumot yetkazish maqsadida ommaviy axborot vositalari bilan tizimli hamkorlikni amalga oshirmoqda. Yaqinda bank tomonidan jurnalistlar uchun Buxoro viloyatiga press-tur tashkil qilindi. Unda respublikamizdagi eng yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Fuqarolarning bank hisobvaraqlari va bank kartalariga taqiq qo‘yilishi to‘xtatilmoqda
27 noyabrdan kommunal xizmatlar bo‘yicha majburiy to‘lovlar uchun qarzdor iste’molchilarning bank kartalariga xizmat ko‘rsatiladigan bank hisobraqamlaridan nizosiz tartibda hisobdan chiqarish va taqiq qo‘yish bekor bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xabarnomasida ma’lum qilingan.

Shavkat Mirziyoyev: Biz oliy darajadagi mintaqaviy muloqotni rivojlantirishning sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqichiga ko‘tarildik
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazildi.

Yurtimizda paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyati: natija va tahlil
Qishloq xo‘jaligi klasterining yerni shudgorlashdan tortib, ekish, parvarishlash va xom ashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayondagi ko‘p bosqichli kompleks tizimga ega korxona ekanligidan xabaringiz bor. Chunki bu haqida ommaviy axborot vositalarida yetarlicha ma’lumot berildi. Natijaning qanday bo‘lganligi ko‘pchilikni qiziqtirishi tabiiy. Ma’lumotlarni tahlil qilarkanmiz, klasterlar agrar sohasining lokomotiviga aylanayotganini e’tirof etishimiz mumkin.

O‘rmon xo‘jaliklarida za’faron gullarini yig‘ib-terib olish mavsumi boshlandi
Za’faron (shafran) dunyoning ko‘p mamlakatlarida tijoriy maqsadda katta maydonlarga ekib parvarishlanadi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham za’faron yetishtirishga e’tibor qaratilmoqda.

Birja savdolarida suyultirilgan gaz narxi pasaydi
2019 yil 18 - 24 noyabr kunlari "O‘zRTXB" AJ da o‘tkazilgan birja savdo natijalariga ko‘ra birja bozorining turli tovar segmentlarida narxlarni pasayishi kuzatildi.

O‘zbekiston-Xitoy: Turizm sohasidagi hamkorlik istiqbollari
27 noyabr kuni Butunjahon turistik shaharlar federatsiyasi (WTCF)ning Markaziy Osiyo konferensiyasida Jahon sayyohlik shaharlar federatsiyasi ekspert kengashi a’zosi Din Pey I so‘zga chiqib, "Xitoyda chiqish turizm bozori va O‘zbekiston bilan turizm sohasida yanada hamkorlik" mavzusida ishtirokchilarga o‘z fikrlarini bayon etdi.

MChJlarga ham obligatsiya chiqarishga ruxsat berilishi mumkin
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi korporativ obligatsiyalar chiqarishni cheklovchi normalardan voz kechish va ma’suliyati cheklangan jamiyatlarning obligatsiyalar chiqarishiga ruxsat berish tarafdori. Agentlik tomonidan ushbu masalada tayyorlangan qonun loyihasi hozirda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritildi.

“Zamonaviy maktab”lar tashkil etiladi
“Zamonaviy maktab”larni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori (PQ–4537-son, 26.11.2019 y.) qabul qilindi.
“UzAgroExpo – 2019” “UzProdExpo – 2019” XV xalqaro ko‘rgazmalari ochildi
“O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar zalida 27 noyabr kuni qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati bo‘yicha “UzAgroExpo – 2019” “UzProdExpo – 2019” XV xalqaro ko‘rgazmalari ochildi.
O‘zbekistonda ISUZU D-MAX pikaplari ishlab chiqariladi
Poytaxtimizda O‘zbekistonda ilk bor ishlab chiqarilgan ISUZU D-Max kichik yuk tashish avtomobillarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Markaziy bank: oltin va kumush tangalar arzonlashdi
Markaziy bank esdalik tangalarning 2019 yil 27 noyabrdan amalda bo‘ladigan narxlarini belgiladi.