"Qishloq qurilish bank" Buxoro viloyatiga press-tur uyushtirdi
Aksiyadorlik-tijorat "Qishloq qurilish bank" o‘z faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aholiga kengroq ma’lumot yetkazish maqsadida ommaviy axborot vositalari bilan tizimli hamkorlikni amalga oshirmoqda. Yaqinda bank tomonidan jurnalistlar uchun Buxoro viloyatiga press-tur tashkil qilindi. Unda respublikamizdagi eng yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.



