Barcha yangiliklar

O‘zgarayotgan O‘zbekiston raqamlarda: To‘qimachilik sanoatida eksport hajmi qancha bo‘ldi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 dekabrdagi “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi farmoni bilan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tashkil etildi.

O‘zbekiston olg‘a ildamlamoqda
Rossiya Federatsiyasida chop etiladigan yetakchi nashrlardan biri – “Moskovskiy komsomolets” gazetasining 2019 yil 3 dekabr sonida taniqli jurnalist Mixail Rostovskiyning mamlakatimizda kechayotgan islohotlarga bag‘ishlangan “O‘zbekiston olg‘a ildamlamoqda” nomli maqolasi e’lon qilindi. Quyida ushbu maqolaning tarjimasi berilmoqda.

O‘zbekistonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchisi qirolicha Yelizaveta II ga ishonch yorliqlarini topshirdi
Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, rasmiy marosimdan keyin bo‘lib o‘tgan suhbatda prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda olib borilayotgan keng ko‘lamli va keng qamrovli islohotlar mavzusi alohida muhokama qilingan.

O‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tayotgan OTMlar ro‘yxati tasdiqlandi
«Oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish to‘g‘risida» Hukumat qarori (967-son, 03.12.2019 y.) qabul qilindi.

O‘zbekistonda paxta hosilining 70% dan ortig‘i paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan yig‘ib olindi
Joriy yilning 3 dekabr kuni “Poytaxt” biznes markazida «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari va klasterlarining 2020 yilda amalga oshiriladigan ustuvor loyihalari” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida yaponshunoslik fakulteti tashkil etildi
2019 yil 4 dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida yaponshunoslik fakultetining rasmiy ochilish marosimiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Metroning Yunusobod yo‘nalishidagi ikkinchi tunnelda burg‘ulash ishlari yakunlandi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasining Yunusobod yo‘nalishida olib borilayotgan yangi yer osti qurilish liniyalarining ikkinchi tunnelida burg‘ulash ishlari yakuniga yetkazildi.

O‘zbekiston Prezidentining maxsus vakili Hindistonda muzokaralar o‘tkazdi
2019 yil 3 dekabr kuni Dehli shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Hindiston Bosh vazirining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Pankaj Saran, tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Vijay Thakur Singh hamda TIV departamenti direktori Dipak Mittal bilan muzokaralar o‘tkazdi.

3000 dan ortiq tadbirkor ayollarga imtiyozli kreditlar beriladi
Bu Vazirlar Mahkamasining 20.11.2019 yildagi xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash va ular o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 919-son qarorida nazarda tutilgan.

Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashi tuzildi
Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi

Sinov tariqasida chiqindilarni saralagan holda yig‘ish tajribasi boshlandi
3 dekabr kuni poytaxtimizdagi 144-maktabda chiqindilarni saralagan holda yig‘ish tajribasi uchun tanlangan Yakkasaroy tumani, Muqimiy nomidagi mahalla aholisi bilan yig‘ilish o‘tkazilib, tushuntirish ishlari olib borildi.

Soliq kodeksi loyihasida “lozim darajada ehtiyotkorlik” tushunchasi kiritilmoqda. Bu nimani anglatadi?
Hozirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qo‘mitalari, siyosiy partiyalar fraksiyalari va ekspertlar tomonidan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasi qizg‘in muhokama etilmoqda.

Tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli bo‘lgan ob’yektlarni yong‘in-profilaktika ko‘rigidan o‘tkazish tartibi soddalashtirildi
“Tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli bo‘lgan ob’yektlarni yong‘in-profilaktika ko‘rigidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 2532-1, 03.12.2019 y.).

O‘zbekiston-Turkiya: ikki tomonlama manfaatli muhokamalar bo‘lib o‘tdi
Avval xabar berganimizdek, Turkiya "Adolat va taraqqiyot partiyasi" raisining tashqi aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari J.Yilmaz va Buyuk Millat Majlisining Rejalashtirish va budjet ishlari bo‘yicha komissiyasi raisi L.Elvan rahbarligidagi delegatsiya yurtimizda xizmat safarida bo‘lib turibdi.

O‘zbekistonda asal iste’moli aholi jon boshiga qanchaga to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida O‘zbekistonda asalari oilalarining eksporti 245 ming donaga yetkazildi.

O‘zbekistonda tibbiyot turizmini rivojlantirishga start berildi
Toshkent shahridagi “Cloud’s” restoranida O‘zbekistonda tibbiyot turizmi salohiyatini rivojlantirishga start berildi. Tadbirni Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining "Turizmning alohida turlarini rivojlantirish boshqarmasi" boshlig‘i Jamshid Gaziyev ochib berdi hamda mamlakatimizda turizmning ushbu yo‘nalishini rivojlantirishning ahamiyati haqida so‘z yuritdi. O‘zbekiston Respublikasida tibbiyot turizmi sohasiga alohida strategik ahamiyat berilmoqda.

O‘zbekiston BAAdagi madaniy meros festivalida o‘z milliy stendi bilan qatnashmoqda
Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida 29 noyabr, juma kuni Shayx Zaid madaniy-tarixiy merosi festivali o‘z ishini boshladi. Festivalda O‘zbekiston o‘z stendi bilan ishtirok etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar berdi.

Gaz to‘ldirish shaxobchalari 30,4 mlrd. sumlik zarar yetkazdi
Joriy yilning 22 noyabr kunidan 1 dekabrgacha Uzneftgazinspeksiya, Majburiy ijro byurosi hamda “Hududgazta’minot” AJ xodimlari va “Uzstandart” agentligi mutaxassislari tomonidan Respublikada joylashgan 72 ta Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shaxobcha (AGTKSh)larda tabiiy gazni qabul qilish holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘zbekistonda HUMO terminallari Mastercard kartalarini qabul qilishni boshladi
Mastercard karta egalari butun mamlakat bo‘ylab o‘rnatilgan 170 mingdan ortiq terminallar orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining tashkiliy-huquqiy asoslari O‘zbekiston manfaatlariga mosmi?
Bugungi shiddatli globallashuv sharoiti jahon mamlakatlari o‘rtasida yuz berayotgan savdo-iqtisodiy munosabatlarning zamonaviy tendensiyalari – xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalarini chuqur tadqiq etish lozimligini taqozo etmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Dushanbe shahri raisini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 dekabr kuni Tojikiston Respublikasining poytaxti - Dushanbe shahri raisi Rustam Emomalini qabul qildi.

O‘zbekistonda rahbarlar ishiga baho qo‘yiladigan portal yaratiladi
«Davlat boshqaruvida ilg‘or davlat menejmenti va «aqlli» boshqaruv prinsiplarini bosqichma-bosqich joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Hukumat qarori qabul qilindi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonning YeOIIga a’zo bo‘lishi ta’sirini baholash uchun tadqiqot o‘tkazmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida "Umumiy muvozanatning amaliy modellari va O‘zbekistonning JSTga va YeOII a’zo bo‘lishi ta’sirini baholash" mavzusida seminar tashkil etildi.

“Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi
Qonunga muvofiq, volontyorlik faoliyati – jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bepul asosda amalga oshiriladigan, jamoat uchun foydali bo‘lgan ixtiyoriy faoliyat hisoblanadi.