14-oktabr, chorshanba10:46Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

O‘zbekiston BAAdagi madaniy meros festivalida o‘z milliy stendi bilan qatnashmoqda

Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida 29 noyabr, juma kuni Shayx Zaid madaniy-tarixiy merosi festivali o‘z ishini boshladi. Festivalda O‘zbekiston o‘z stendi bilan ishtirok etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar berdi.

1 daqiqa o'qish574 marta o'qildi

Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida 29 noyabr, juma kuni Shayx Zaid madaniy-tarixiy merosi festivali o‘z ishini boshladi. Festivalda O‘zbekiston o‘z stendi bilan ishtirok etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi va «Hunarmand» uyushmasi hamkorligida festivalning markaziy maydonida O‘zbekistonning keng ko‘lamli karvonsaroy paviloni tashkil etilgan. U yerda mehmonlar uchun o‘zbekona supalar, ustaxonalar va hunarmandlar rastalari, o‘zbek oshxonasi maydoni va san’atkorlar chiqishlari uchun sahnalar joy olgan.

O‘zbekiston 26 ta davlat bilan bir qatorda ikkinchi yil o‘z milliy paviloni bilan qatnashmoqda va festivaldagi eng yorqin to‘rt maydondan biriga aylanmoqda. Xalqaro festival ishtirokchilari paradi O‘zbekiston pavilonidan boshlanadi.

Ma’lum qilinishicha, festival maydoni har bir amirlikning maxsus tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylarining maketlari ko‘rgazmasini o‘zida jamlagan. Festival Shayx Zayd bin Sulton Al-Nahayonning BAA merosi, xususan, jahon sivilizatsiyasining umuminsoniy merosini asrashga bo‘lgan sa’y-harakatlarini aks ettiradi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi