Barcha yangiliklar

Fuqarolarga shaxsiy avtomobillardan belgilangan vaqtda foydalanish uchun ruxst berildi
29 aprel kuni IIV matbuot kotibi 30 apreldan boshlab shaxsiy avtomobillardan belgilangan vaqt oralig‘ida ruxsat berilgani haqida ma’lum qildi.

Koronavirus "shokolad" bozoriga zarba berdi
Shokoladning asosiy iste’molchisi hisoblangan Yevropada yil oxiriga qadar kakaoni qayta ishlash 3 foizga tushishi mumkin.

“Obod qishloq” dasturi natijalari BMT va YeXHT vakillarini hayratga solmoqda
Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Freyzer va Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti loyihasining O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Djon Makgregor Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida Prezident Xalq qabulxonasi boshchiligida “Obod qishloq dasturi doirasida bunyod etilgan “Oltinko‘l” mahallasidagi yangi turar joy massivi bilan tanishdi.

Toshkent shahrini 2041 yilgacha rivojlantirish bosh rejasini ishlab chiqish loyihasini muhokama uchun joylashtirildi
Toshkent hududidagi turar joylarning qurilishi past qavatli uylarni buzish hisobiga mo‘ljallangan.

Lombardlar faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risida Nizom loyihasi muhokamaga joylashtirildi
Nizom iste’molchilarga ma’lumot berish tartibi, muddati o‘tgan qarzdorlik kelib chiqqan taqdirda nobank kredit tashkilotining qazdorlar bilan o‘zaro munosabatlarini ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.

ATK vazirligi raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish sohasidagi vakolatli organ deb belgilandi
“Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi.

Barcha hududlarda raqamli bilimlarga o‘qitish markazlari ochiladi
2020-2021 yillarda barcha sog‘liqni saqlash muassasalari, maktablar va bog‘chalarni, shuningdek, qishloqlar va mahallalarni yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulashni ko‘zda tutgan holda mamlakatning raqamli infratuzilmasini to‘liq modernizatsiya qilish va zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan barcha hududlarda foydalanish imkoniyati ta’minlanadi.

Xalqaro valyuta fondi: Global rivojlanish. Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqalari uchun ta’sirlari
Xalkaro valyuta fondining taxlillariga ko‘ra joriy yil boshidan buyon neft va boshqa xom-ashyo tovarlar narxining keskin pasayishi Markaziy Osiyodagi mamlakatlar iqtisodiyotiga katta ta’sir ko‘rsatdi.

Shavkat Mirziyoyev vertolyotda Qorako‘l va Olot tumanlaridagi holatni ko‘zdan kechirdi
27 aprel kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga yetib bordi. Vertolyotda Qorako‘l va Olot tumanlaridagi holatni ko‘zdan kechirdi.

Shavkat Mirziyoyev tabiiy ofat oqibatlarini ko‘zdan kechirish maqsadida Buxoroga jo‘nab ketdi
Respublikamiz hududiga kirib kelgan kuchli shamol bir nechta viloyatlarning qishloq xo‘jaligi ekinlariga katta zarar yetkazgan. Shavkat Mirziyoyev zarur chora-tadbirlarni belgilash maqsadida Buxoroga viloyatiga tashrif buyuradi.

Deputatlar O‘zbekiston YeOIIga kuzatuvchi maqomida qo‘shilishiga ovoz berdi
Yig‘ilishda ishtirok etgan jami 132 nafar deputatlardan 86 nafari tarafdor (yoqlab), 32 nafari qarshi, 14 nafari esa betaraf ovoz berishdi.

Jizzax Organic qishloq sanoati klasteri Jizzax viloyatida 250 ish o‘rnini yaratdi
Jizzax Organic qishloq sanoati klasteri Jizzax viloyati Zomin tumanida istiqomat qiluvchi 250 kishini ishga qabul qiladi. Sug‘oruvchi, traktorchi yordamchisi va turli ishlarni bajaruvchi ishchilar lavozimlariga ishga qabul qilish jarayoni ketmoqda.

Qashqadaryoda dizel yoqilg‘isi, avia kerosin, suyultirilgan gaz ishlab chiqaradigan zavod quriladi
Zavod ishga tushgach, yiliga 1,5 million tonna yuqori sifatli va ekologik toza sintetik yoqilg‘i ishlab chiqaradi.

Koronavirusdan sog‘ayganlar 900 nafarga yetdi
Bugun, 28 aprel kuni Farg‘ona viloyatida 7 nafar, Qashqadaryo viloyatida esa 1 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorning tuzalib chiqdi. Ular viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Pensionerlarning qarzdorlik summasi hisobdan chiqariladi
Ortiqcha to‘langan pensiyalar bo‘yicha 2020 yil 20 aprel holatiga pensionerlarning qarzdorlik summasi hisobdan chiqariladi.

Beg‘araz yordam sifatida olingan mablag‘lar daromad solig‘iga tortilmaydi
“Mahalla” xayriya jamoat fondiga, “Saxovat va ko‘mak” fondiga, “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga jismoniy shaxslarga beg‘araz beriladigan yordam pullari uchun daromad solig‘i solinmaydi.

Yil yakuniga qadar oltin va kumush resurslari ko‘paytiriladi
27 aprel kuni Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan geologiyada amalga oshirilayotgan ishlar tahlili va galdagi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda yil yakuniga qadar oltin va kumush resurslari, mis va 8 turdagi noruda boyliklari zaxiralarini ko‘paytirish zarurligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston aholisi yil boshidan buyon qanchaga ko‘paydi?
Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2020 yil 1 aprel holatiga ko‘ra qanchaga ko‘paygani haqida ma’lumot berdi. Aholi ko‘payishi sonining eng ko‘p ko‘rsatkichi Samarqand viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi tushishni boshladi
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 28 apreldan 7,49 so‘mga pastladi.

BAA kompaniyasi Navoiy viloyatida fotoelektrik stansiyasi quradi
Navoiy viloyatida umumiy quvvati 100 MVt bo‘lgan fotoelektrik stansiyani loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va ishlatish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish uchun investor tanlab olish jarayoni yakunlandi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi aholi o‘rtasida iste’molchilar fikri Indeksini o‘rganish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazmoqda
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi iste’molchilar fikrini o‘rganish maqsadida aholi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazmoqda. So‘rovnoma har oyda o‘tkaziladi. Unda 16 yosh va undan katta yoshdagi O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari qatnashishi mumkin.

Yagona elektron chipta sotish tizimi yaratiladi
Saytda chiptalarni bron qilish, sotish va qaytarish, agentlarni ulash xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari rag‘batlantiriladi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning hududiy bo‘linmalari tibbiyot xodimlarining mehnatga haq to‘lash razryadlari bo‘yicha tarif koeffitsiyenti 5 foizga oshirgan holda qo‘llanadi.

G‘alladan bo‘shagan maydonlar vaqtincha ishsiz qolgan va ko‘makka muhtoj aholiga bo‘lib beriladi
Shavkat Mirziyoyev raisligida 24 aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror ishlatish, aholi bandligini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rildi.