Barcha yangiliklar

Markaziy bank kreditlar bo‘yicha maqbul foiz stavkalarini o‘rnatdi
Markaziy bank tomonidan inflyasiya va bozordagi holatni inobatga olib, prudensial choralar va pul-kredit siyosati instrumentlaridan foydalangan holda banklarda oqilona foiz siyosatini yuritishni rag‘batlantirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Yagona milliy baholash standarti tasdiqlandi
Baholash standarti mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishining o‘ziga xos jihatlarini aks ettiradigan aktivlar qiymatini baholash normalari, qoidalari, metodikalarini ifodalaydi. Hujjat Xalqaro baholash standartlari prinsiplariga asosan eng yaxshi xorijiy amaliyotlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.

Markaziy bank Boshqaruvi asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz saqlab qoldi
Ushbu qaror inflyasiya prognozining barqaror pasayish trendi shakllanib borayotganligi hamda iqtisodiyotning tiklanish sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash maqsadlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash bilan izohlanadi.

O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada yuksaltirishning 8 ustuvor yo‘nalishi Bryussel press-klubida qiziqish uyg‘otdi
Asosiy mavzu yevropalik jurnalistlar o‘rtasida yangi media-loyiha “O‘zbekiston haqida eng yaxshi maqola” tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida bo‘ldi.

O‘zbekistonda ilk bor so‘mga ham 50 ham 100 AQSh dollarini bankomatdan xarid qilish imkoniyati yaratildi
Uzcard" kartalaridan AQSh dollarida naqd pul mablag‘larini berish hamda kartalarni chet el naqd pul valyutasi bilan to‘ldirish imkonini beradigan yangi xizmat joriy etdi. Endi siz bankka borib yurishingiz va navbat turishingiz shart emas. Bir martada 100 AQSh dollarini valyuta ayirboshlash shoxobchalari kursi bo‘yicha sotib olish mumkin.

Navoiyda ishlab chiqariladigan Xitoyning “Oshan” brendli avtomobillarining taxminiy narxi ma’lum bo‘ldi
“Navoiy – motors” O‘zbekiston-Avstriya qo‘shma korxonasi rahbari Sherzod Mo‘minov Xitoyning “Oshan” brendi ostida ishlab chiqariladigan avtomobillarning kutilayotgan narxlarini ochiqladi.

Qonun loyihasiga hokimlarning ayrim vakolatlarini cheklash to‘g‘risida taklif kiritildi
Yer uchastkalarining hokimlar tomonidan olib qo‘yilishiga taqiq belgilash, yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini tugatish bo‘yicha ularning vakolatlarini cheklash taklif etilmoqda.

Ommaviy qabul: qator muammolarning yillab hal bo‘lmayotganligi odamlarda jiddiy norozilik tug‘dirmoqda
Murojaatlarda eng ko‘p – 174 ta masala sud huquq sohasiga oid bo‘ldi. Shuningdek, murojaatlarning 120 tasini uy-joy bilan ta’minlash, 92 tasini prokuratura, 70 tasini sog‘liqni saqlash, 43 tasini bank krediti hamda 41 tasini ichimlik suvi va oqova suvi masalalaridan iborat.

O‘zbekiston oltin zaxirasiga ega davlatlar ichida nechinchi o‘rinda turibdi?
Germaniyaning dunyo qimmatbaho metallar va xom-ashyo bozoriga ixtisoslashgan Goldseiten.de internet-sahifasida mamlakatlarning oltin zaxiralari bag‘ishlangan World Gold Council (Jahon oltin kengashi) hisoboti to‘g‘risida ma’lumot berildi.

1 avgustdan so‘ng "import mashina" narxi qancha bo‘ladi?
Ekspertlar aksiz solig‘ining bekor qilinishi va utilizatsiya yig‘imining joriy etilishi import yengil avtomobillar qiymatiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida ma’lumot berdi.

“Aholiga ipoteka kreditlari ajratilishining hadli shartlari to‘g‘risida”gi nizom loyihasi muhokama uchun joylashtirildi
Nizomda ipoteka krediti yo‘nalishlari, rasmiylashtirish bosqichlari, qarz oluvchining to‘lovga layoqatliligi tahlili hamda ipoteka kreditlarini ajratish bilan bog‘liq tavakkalchilikni boshqarish bo‘yicha yo‘nalishlar keltirilgan.

Toshkent xorijliklar yashashi uchun eng qulay shaharlar qatoridan joy oldi
Yashashi uchun eng qimmat shaharlar reytingida Gonkong birinchilikda bo‘lsa, yashash uchun eng arzon shaharlar ro‘yxatiga Toshkent kiritildi.

Iqtisodiyot mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavriat yo‘nalishi talabalari o‘qishini Bank-moliya akademiyasiga ko‘chirishi mumkin
2020 yil 1 sentyabrga qadar tanlov o‘tkazish orqali boshqa oliy ta’lim muassasalarining iqtisodiyot mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavriat yo‘nalishining 3-kursidagi iqtidorli talabalari o‘qishi Akademiyaga ko‘chiriladi.

Prezident qurilish materiallari, avtomobilsozlik hamda oziq-ovqat sanoatlariga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi
9 iyun kuni milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashga doir dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda sanoatni rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Davlat ulushiga ega o‘nta bankning foiz stavkalari inflyasiyaga qarshi siyosat bilan uyg‘unlashgan holda pasaytiriladi
9 iyun kuni milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashga doir dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda davlat ulushiga ega o‘nta bankda transformatsiya jarayonini o‘z vaqtida amalga oshirish kerakligi ta’kidlandi.

Shavkat Mirziyoyev joriy yil iqtisodiyotda o‘sish sur’atlarini ta’minlash uchun 8 ta asosiy yo‘nalishni ko‘rsatib o‘tdi
Shavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashga doir dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda davlat rahbari yangicha yondashuv va instrumentlarni qo‘llash orqali iqtisodiyotning asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi.

O‘zbekiston va Singapur bosh vazir o‘rinbosarlari muhim hamkorlik to‘g‘risida kelishib olishdi
O‘zbekiston va Singapur o‘rtasida yo‘lovchi va yuk qatnovlarini jadallashtirish, shuningdek, yuk tashish oqimlarini boshqarish va aviakompaniyalar faoliyatini takomillashtirish imkoniyati ham ko‘rib chiqildi.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun bank filiallariga 500 mlrd. so‘m yetkazildi
Kredit mablag‘lari qarz oluvchilar tomonidan erkin tarzda tuzilgan shartnomalarga asosan mahsulot va uskuna yetkazib beruvchi ning hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.

Yakka tadbirkor guvohnomasida uning fotosurati aks ettiriladi
Yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma unda yakka tartibdagi tadbirkorning fotosurati aks ettirilgan holda beriladi.

Jahon banki: O‘zbekiston yalpi ichki mahsulot o‘sishda davom etadigan mintaqadagi yagona davlat
O‘zbekiston Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi 24 ta mamlakat ichida iqtisodiyoti o‘sishda davom etayotgan yagona davlat. Retsessiya deyarli qolgan barcha davlatlarga ta’sir qiladi. Mintaqa iqtisodiyoti 4,7 foizga pasayishi kutilmoqda.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga mehnat guvohnomasi beriladi
Soliq kodeksiga muvofiq o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari jismoniy shaxslar jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi.

Abituriyentlar uchun muhim yangilik: Prezident qarori bilan yangi universitet tashkil etildi
Universitetga talabalar OTMlariga o‘qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

Birjada shakar narxi ko‘tarildi
Taklif darajasi yuqori bo‘lganligi sababli birjaning shakar bozorida barqarorlik saqlanmoqda. O‘tgan haftada birja savdolariga 9 720,0 tonna shakar qo‘yildi va ulardan 4 180,0 tonnasi, ya’ni 43,0 foizi sotildi.

8 ta bank jismoniy shaxslar uchun kredit ta’tillarini uzaytirdi
O‘zbekistondagi 8 ta bank kredit ta’tillarini uzaytirgan bo‘lsa, 6 ta bankda kredit ta’tillari 1 iyulda yakunlanadi.