14-oktabr, chorshanba08:05Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

1 avgustdan so‘ng "import mashina" narxi qancha bo‘ladi?

Ekspertlar aksiz solig‘ining bekor qilinishi va utilizatsiya yig‘imining joriy etilishi import yengil avtomobillar qiymatiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida ma’lumot berdi.

1 daqiqa o'qish6 611 marta o'qildi

Yengil avtomobillar misolida import qilinadigan transport vositalari narxi qanchaga o‘zgarishini Norma ekspertlari ma’lum qildi.

Deylik, hajmi 1000 kub sm.dan ortiq bo‘lmagan dvigatelga ega avtomobilning narxi — 6000 dollar.

2020 yil 1 avgustga qadar:

  • Bojxona to‘lovi — 3240$ (avtomobil o‘rtacha narxining 54%i);
  • Aksiz solig‘i — 1920$ (avtomobil o‘rtacha narxining 32%i);
  • QQS — 1674$ (avtomobil o‘rtacha narxining, bojxona to‘lovi va aksizning 15%i);
  • Bojxona yig‘imi — 25$
  • Utilizatsiya yig‘imi — 0.

Shunda jami “rastamojka” to‘lovi 6859$ bo‘lib, avtomobilning oxirgi narxi 12 859 dollarni tashkil qiladi.

2020 yil 1 avgustdan keyin:

Bojxona to‘lovi — 3240$ (avtomobil o‘rtacha narxining 54%i);

Aksiz solig‘i — 0;

QQS — 1386$ (avtomobil o‘rtacha narxining, bojxona to‘lovi va aksizning 15%i);

Bojxona yig‘imi — 25$

Utilizatsiya yig‘imi — 659$ (BHMning 30 baravari dollarda).

Shunda jami “rastamojka” to‘lovi 5310$ bo‘lib, avtomobilning oxirgi narxi 11130 dollarni tashkil qiladi. Farq — 1549$.

Shu bilan birga, hajmi 3000 kub sm.dan ortiq bo‘lgan va 3500 kub sm.dan yuqori bo‘lmagan dvigatelga ega avtomobilning narxi 30000 dollar. 1 avgustdan uning narxi 6740 dollarga arzonlashadi.

Shunday qilib, 1000 kub sm.gacha bo‘lgan hajmli dvigatelga ega avtomobillar narxi 12%ga, 3000 kub sm.dan ortiq bo‘lgan va 3500 kub sm.dan yuqori bo‘lmagan hajmli dvigatelga ega avtomobil narxi esa 10%ga arzonlaydi, deb xulosa qiladi Norma ekspertlari.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi