14-oktabr, chorshanba08:57Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Toshkent xorijliklar yashashi uchun eng qulay shaharlar qatoridan joy oldi

Yashashi uchun eng qimmat shaharlar reytingida Gonkong birinchilikda bo‘lsa, yashash uchun eng arzon shaharlar ro‘yxatiga Toshkent kiritildi.

1 daqiqa o'qish57 marta o'qildi

Mercer konsalting guruhi odatdagidek xorijliklar yashashi uchun eng qimmat shaharlar reytingini e’lon qildi. Unda uchinchi bor Gonkong yetakchilik qilmoqda.

Eng qimmat shaharlar reytingining keyingi o‘rinlarida Turkmaniston poytaxti Ashxobod (2-o‘rin), Osiyo shaharlaridan Tokio (3-o‘rin), Singapur (5-o‘rin), Shanxay (7-o‘rin), Pekin (10-o‘rin) ham bor.

Yashash uchun eng arzon shaharlar sifatida esa Toshkent, Bishkek, Namibiyadagi Vindxuk shahri hamda Tunis e’tirof etilgan.

2020 yil mart oyida The Economist Intelligence Unit e’lon qilgan eng arzon va eng qimmat shaharlar reytingida ham Toshkent ro‘yxatning 132-o‘rnida qayd etilib, eng arzon ya’ni, yashash uchun zarur narsalar narxi yuqori bo‘lmagan shaharlar o‘ntaligida qolgan edi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi