Barcha yangiliklar

“UzAvto” brendidan foydalanish huquqiga ega bo‘ladigan MChJ shaklidagi boshqaruv kompaniyalari tashkil etiladi
8 iyul kuni tasdiqlangan Hukumat qaroriga ko‘ra, 2019 yil yakunlariga ko‘ra, "O‘zavtosanoat" AJ aksiyalari bo‘yicha dividendlarni sof foydaning 30 foizi miqdorida hisoblash va to‘lash muddati penya hamda foizlar hisoblanmasdan 2020 yil 31 dekabrgacha etib belgilandi.

Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi
Hokimliklarning litsenziyalash va ruxsat berishga oid bir qancha vakolatlari boshqa davlat organlariga o‘tkazildi.

Sayyor qabullarda nazoratga olingan masalalar keyinchalik o‘z yechimini topyaptimi?
25-26 iyun kunlari Surxondaryo viloyatining Sariosiyo hamda Oltinsoy tumanlarida tashkil etilgan sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha hal qilish ishlari boshlab yuborildi.

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlar bo‘yicha o‘rtacha narxlari
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2020 yil 30 iyun holatiga Respublikada iste’mol savatidagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari ko‘rib chiqildi.

GTAI: O‘zbekiston Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari orasida iqtisodiy jihatdan yuksalishga erishgan yagona mamlakat
Germaniyalik jurnalistning GTAI (Germany Trade & Invest) tashkilotiga asoslanib xabar berishicha, Markaziy Osiyo mintaqasida hal qiluvchi mavqega ega O‘zbekiston pandemiyaning iqtisodiyotga salib ta’sirini kamaytirish bo‘yicha majmuaviy chora-tadbirlarni ishlab chiqdi.

Elmira Bositxonova: Bugungacha 208 nafar homilador ayollarimizda koronavirus aniqlandi
Elmira Bositxonova AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida COVID-19 infeksiyasidan shu kungacha qancha ayol va bollalar kasallangani haqida ma’lum qildi.

Qishloq xo‘jaligi klasteri Jizzax viloyatidagi yerlarni sug‘orishga 8,8 million dollar sarmoya kiritdi
Jizzax organic Jizzax klasteri O‘zbekistonda birinchi bo‘lib Amerikadagi Valley kompaniyasining so‘nggi avlod sun’iy yomg‘ir qurilmalarini olib keldi. Ushbu usul yerlarni oqilona sug‘orishni yo‘lga qo‘yish va klasterning go‘sht mahsulotlarining narxini pasaytirishga imkon beradi.

Osiyo Taraqqiyot Banki O‘zbekistonga 500 mln dollar imtiyozli kredit ajratdi
OTB Direktorlar Kengashi O‘zbekiston Respublikasiga 500 mln. AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish bo‘yicha qarorni bir ovozdan ma’qulladi.

O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi asta-sekin tiklanmoqda
Iqtisodiyotda ishbilarmonlik faolligi o‘tgan oydagi kabi tiklanishda davom etmoqda. Shu bilan birga, Ishbilarmonlik faolligi indeksining qiymati o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan past darajada qolmoqda.

Dunyo mamlakatlarida 1GB mobil internet narxi qancha?
Hozirgi globallashuv jarayonida milliardlab insonlar mobil telefonsiz, internetsiz yashay olishmaydi. Shunday ekan qaysi mamlakatlarda internet narxlari eng past yoki aksincha.

Qashqadaryoning sariq tarvuzlari ilk marta eksport qilindi
Gollandiya navi bo‘lgan bu sariq tarvuzlar nafaqat ko‘rinishi balki mazzasi bilan ham oddiy tarvuzdan farq qiladi. Yaxshi hosil bergan ushbu navli tarvuzning 4 tonnasi Rossiyaga eksport qilindi.

O‘zbekistonda ilk bor Buy Back dasturi orqali avtomobil sotib olish mumkin
Iste’molchilarga AQSh va Yevropada o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsata olgan avtomobilni qayta sotib olish dasturi taklif etilmoqda.

Oxirgi ikki oyda qancha fuqaro Toshkent shahri propiskasini oldi?
May va iyun oylarida Toshkent shahriga 1-band bo‘yicha 13808 nafar, 2-band bo‘yicha 17 606 nafar fuqarolar ro‘yxatga olingan.

Navoi viloyatida tadbirkorlarning 3 mlrd so‘m puli undirib berildi
Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan vazirlik va markaziy idoralar, hududiy sektorlar, sud organlari rahbarlarini jalb etgan holda Navoiy viloyatining Uchquduq, Karmana, Navbahor va Qiziltepa tumanlarida sayyor qabullar tashkil etildi.

Timur Ishmetov: Yaqin kunlarda davlat banklarida 25 nafar chet ellik mustaqil kuzatuv a’zolari faoliyat boshlaydi
Moliya vaziri muhim yangilik haqida ma’lum qildi. Uning aytishicha, yil oxirigacha davlat banklarida chet ellik mustaqil kuzatuv kengashi ekspertlari ulushi 30 foizga chiqariladi.

Prezident topshirig‘i: Markaziy bank tijorat banklariga aholi omonatlarini jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha takliflar ishlab chiqadi
Aholining jamg‘arma va muddatli depozitlari ulushi yirik banklarda o‘rtacha 5 foizni tashkil etadi, xolos. Shu munosabat bilan Prezident Markaziy bankka tijorat banklariga aholi omonatlarini jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha takliflar ishlab chiqish topshirig‘ini berdi.

Prezident bank tizimida korrupsiyaga barham berish masalasiga alohida e’tibor qaratdi
Shavkat Mirziyoyev barcha tijorat banklari raislari korrupsiyaga chek qo‘yish, komplayens-nazorat kabi ta’sirchan mexanizmlarni joriy qilish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishi lozimligini alohida ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev banklarining transformatsiya jarayonini jadallashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi
Markaziy bank huzuridagi Qayta tayyorlash korporativ markazida avvalo joylardagi bank xodimlari uchun banklar transformatsiyasini tushuntirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini tashkil etiladi.

Markaziy bank: Karantin choralarining yumshatilishi naqd pullar aylanmasiga ijobiy ta’sir qildi
Joriy yil mart oyining ikkinchi yarmidan e’lon qilingan karantin talablarining may oyiga kelib biroz yumshatilishi natijasida iqtisodiyot sub’yektlarining faollashuvi banklar kassalari orqali naqd pullar aylanmasi dinamikasiga ham o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi.

Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlikka chaqirildi
Rossiya hududidagi vatandoshlarimizdan turli yolg‘on xabarlar va mish-mishlarga ishonmasliklarini, Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegara punktlariga borishga urinmaslik, hozirgi yashash joylarida qolib, karantin choralariga qat’iy rioya qilishlari so‘ralmoqda.

Auksion savdolarining natijalari QR-kod orqali rasmiylashtiriladi
“E-IJRO AUKSION” tizimida 1 sentyabrdan yangi tartiblar joriy qilinadi.

Tsementni “yashil yo‘lak” tizimi orqali import qilish rejalashtirilmoqda
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi sementni import asosida respublikaga “yashil yo‘lak” tizimi orqali olib kirishni taklif qildi. Taklifga ko‘ra, olib kirilayotgan sementni sertifikatlashtirish, laboratoriya sinovidan o‘tkazish belgilangan. Nomuvofiq sement olib kirgan tadbirkorga javobgarlik belgilanadi.

Rossiya universitetining Olmaliq filialiga qabul kvotalari e’lon qilindi
“Milliy texnologik tadqiqotlar” universiteti Olmaliq filialiga 2020/2021 o‘quv yilida sirtqi o‘qish uchun kvotalar ajratilmoqda.

Dollar va yevro kurslari ko‘tarilishda davom etmoqda
Markaziy bank 7 iyuldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Joriy haftada dollar, yevro ko‘tarildi.