14-oktabr, chorshanba13:13Toshkent +23°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Elmira Bositxonova: Bugungacha 208 nafar homilador ayollarimizda koronavirus aniqlandi

Elmira Bositxonova AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida COVID-19 infeksiyasidan shu kungacha qancha ayol va bollalar kasallangani haqida ma’lum qildi.

1 daqiqa o'qish461 marta o'qildi

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida ayrim faktlarni keltirib o‘tdi:

«Biz karantin davrida, ya’ni besh oy davomida 3 mingdan ortiq homilador ayollarni karantinga oldik. Ularning 208 nafarida koronavirus aniqlandi. Ushbu infeksiyaning homilador ayol va uning homilasiga qanday ta’sir ko‘rsatishini ortiqcha ta’riflashga hojat yo‘q.

Bugungi kungacha 45 mingdan ortiq bolalarimiz karantinda bo‘ldi. 328 nafar bola esa afsuski, koronavirus bilan kasallandi. Mana vaziyat qanday jiddiy».

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi