Biznes
202 ta material
Iqtisodiyot va biznesHindiston kompaniyasi Sergelida 500 mln dollarlik qurilish loyihasini amalga oshiradi
Qurilish loyihasida universitet, talabalar turar joylari, turar joylar va sport komplekslari, sog‘lomlashtirish markazlari, maktab va bog‘chalar hamda zamonaviy mehmonxona tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Iqtisodiyot va biznes“Alibaba Group” kompaniyasi O‘zbekistonga tashrif buyurishga tayyor ekanliklarini bildirdi
Xitoy kompaniyalari raqamli rivojlanish masalalarida o‘zbekistonlik sheriklar bilan hamkorlikni kengaytirishga qiziqishmoqda.
Iqtisodiyot va biznes“O‘zbekneftgaz” AQSh kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi
Bitim Yevro 5 standartining talablariga javob beradigan neft mahsulotlarini ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan.
SiyosatXotin-qizlarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun soddalashtirilgan kreditlar ajratiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 iyul kuni yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, ularni daromad manbai bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda jahon bankining 2 million dollar mablag‘i doirasida 15 ming nafar ayolning bandligini ta’minlash loyihalarini jadallashtirish muhimligi ta’kidlandi.
Iqtisodiyot va biznes“Har bir oila – tadbirkor” dasturi uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratildi
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi uchun qo‘shimcha ravishda 98 million AQSh dollari ajratiladi.
Iqtisodiyot va biznesHindiston kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobil diskalari va yoritish jihozlarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish istagini bildirdi
O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi "UNO MINDA" kompaniyasi raisi va boshqaruvchi direktori Nirmal Minda bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Iqtisodiyot va biznesPandemiya davrida kredit qarzdorliklari 1 oktyabrgacha uzaytirildi
Koronavirus pandemiyasining oqibatida aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining kredit to‘lovlari muddati qarzdorning pul oqimi tahlilidan kelib chiqib, tomonlarning kelishuviga ko‘ra joriy yilning 1 oktyabriga qadar uzaytiriladi.
Iqtisodiyot va biznesUSAID O‘zbekistonda 18,9 million dollarlik agrobiznesni rivojlantirish loyihasini boshladi
USAID O‘zbekistonda agrobiznesni rivojlantirish loyihasini ishga tushirmoqda, bu qo‘shimcha qiymat ishlab chiqaradigan tarmoqlar sonini ko‘paytirish hamda mazkur jarayonga yoshlar va ayollarni jalb qilishga yordam beradi.
Iqtisodiyot va biznes“UzAvto” brendidan foydalanish huquqiga ega bo‘ladigan MChJ shaklidagi boshqaruv kompaniyalari tashkil etiladi
8 iyul kuni tasdiqlangan Hukumat qaroriga ko‘ra, 2019 yil yakunlariga ko‘ra, "O‘zavtosanoat" AJ aksiyalari bo‘yicha dividendlarni sof foydaning 30 foizi miqdorida hisoblash va to‘lash muddati penya hamda foizlar hisoblanmasdan 2020 yil 31 dekabrgacha etib belgilandi.
Iqtisodiyot va biznesQishloq xo‘jaligi klasteri Jizzax viloyatidagi yerlarni sug‘orishga 8,8 million dollar sarmoya kiritdi
Jizzax organic Jizzax klasteri O‘zbekistonda birinchi bo‘lib Amerikadagi Valley kompaniyasining so‘nggi avlod sun’iy yomg‘ir qurilmalarini olib keldi. Ushbu usul yerlarni oqilona sug‘orishni yo‘lga qo‘yish va klasterning go‘sht mahsulotlarining narxini pasaytirishga imkon beradi.
JamiyatNavoi viloyatida tadbirkorlarning 3 mlrd so‘m puli undirib berildi
Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan vazirlik va markaziy idoralar, hududiy sektorlar, sud organlari rahbarlarini jalb etgan holda Navoiy viloyatining Uchquduq, Karmana, Navbahor va Qiziltepa tumanlarida sayyor qabullar tashkil etildi.
SiyosatTsementni “yashil yo‘lak” tizimi orqali import qilish rejalashtirilmoqda
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi sementni import asosida respublikaga “yashil yo‘lak” tizimi orqali olib kirishni taklif qildi. Taklifga ko‘ra, olib kirilayotgan sementni sertifikatlashtirish, laboratoriya sinovidan o‘tkazish belgilangan. Nomuvofiq sement olib kirgan tadbirkorga javobgarlik belgilanadi.
JamiyatQator tashkilotlarning monopol huquq va imtiyozlari bekor qilinishi mumkin
Raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan tadbirkorlik sub’yektlariga beriladigan imtiyozlar bekor bo‘ladi.
Iqtisodiyot va biznesDunyodagi yirik do‘konlarni birlashtirgan «Inditex» kompaniyasi O‘zbekiston bilan hamkorlik qiladi
Mahalliy to‘qimachilik korxonalari nafaqat tayyor trikotaj kiyim-kechak, balki shu bilan birga Zara Home brendi uchun uy to‘qimachilik mahsulotlari, shuningdek «Inditex” ning Lux brendlari uchun yuqori sifatli mahsulotlarni ham yetkazib berish imkoniyatiga ega ekanligini bildirgan.
IntervyuBiznesni qo‘llab-quvvatlashdan banklarni xususiylashtirishgacha
XMKning Markaziy Osiyo, Armaniston va Gruziya davlatlari moliyaviy bozoridagi sarmoyalar bo‘yicha rahbari Galina Klimenko "Ekonomicheskoye obozreniye" jurnaliga Xalqaro moliya korporatsiyasining (XMK) O‘zbekiston moliya sektoridagi faoliyati to‘g‘risida hisobot berdi.
Iqtisodiyot va biznesFacebook kompaniyasining aksiyalari 8,3 foizga tushib ketdi
Dunyodagi bir qator yirik kompaniyalar Facebook ijtimoiy tarmog‘iga qarshi uyushtirgan boykotdan so‘ng Mark Sukerberg 7,2 mlrd dollar yo‘qotdi.
MulohazaKosteshtilik fermerlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish orqali millionerga aylangan. Buning siri nimada?
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Moldovaning Kosteshti qishlog‘ida agrobiznesning rivojlanishi ayni avjida va kelajakda katta salohiyatga ega. Bu degani, qishloqdagi millionerlar soni ortib boraveradi. Kosteshti qishlog‘ining tajribasi O‘zbekiston uchun nega muhim?
JamiyatTrampning migratsiya vizalari to‘g‘risidagi qaroridan yirik kompaniyalar norozi bo‘ldi
Dunyodagi yirik kompaniyasi rahbarlari AQSh hukumatining bir qator toifadagi mehnat vizalarini berishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaroridan norozi ekanliklarini bildirgan.
SiyosatIFC Ipoteka-bankga 35 mln. AQSh dollari ekvivalentida milliy valyutadagi zayom bermoqda
IFC tomonidan Ipoteka-bankiga uning xususiylashtirilishini qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekistondagi kichik va o‘rta biznesni kreditlashni ko‘paytirish maqsadida 35 million AQSh dollari ajratmoqda.
Iqtisodiyot va biznes“Coca-cola”ning O‘zbekistondagi davlat ulushi kim oshdi savdosiga qo‘yiladi
Hozirgi kunda Coca-cola Ichimligi Uzbekiston, ltd” mas’uliyati cheklangan jamiyati ustav kapitalidagi - 57,118 foiz ulush «O‘zbekozikovkatxolding» kompaniyasiga tegishli.
