14-oktabr, chorshanba10:48Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Siyosat

O‘zbekiston Yaponiya fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi

2020 yil 1 martdan paritet asosda Yaponiya TIV tomonidan berilgan diplomatik yoki rasmiy pasport egalari bo‘lgan Yaponiya fuqarolari 90 kungacha O‘zbekistonga vizasiz kirish tartibi belgilandi.

1 daqiqa o'qish38 marta o'qildi

"Diplomatik yoki rasmiy pasporti egalari bo‘lgan Yaponiya fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasiga vizasiz kirish rejimini liberallashtirish to‘g‘risida"gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2020 yil 1 martdan paritet asosda Yaponiya TIV tomonidan berilgan diplomatik yoki rasmiy pasport egalari bo‘lgan Yaponiya fuqarolari:

  • O‘zbekistonda diplomatik yoki konsullik faoliyatini amalga oshirish va Yaponiya Hukumati vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan, shu jumladan ular bilan doimiy yashaydigan oila a’zolari uchun O‘zbekistonda bo‘lish muddatiga;
  • boshqa maqsadlarda 90 kungacha O‘zbekistonga vizasiz kirish tartibi belgilandi.

Vizasiz kirish tartibi O‘zbekistonga mehnat, kasbiy va boshqa faoliyatni amalga oshirish yoki doimiy yashash uchun keladigan Yaponiya fuqarolariga tatbiq etilmaydi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi