14-oktabr, chorshanba13:58Toshkent +23°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Xorijdan Toshkentga yangi reys ochiladi

Tataristonning "Begishevo" xalqaro aeroporti va "Nordwind Airlines" aviakompaniyasi 16 martdan boshlab Toshkentga yangi reysni ochadi.

1 daqiqa o'qish118 marta o'qildi

Parvozlar dushanba kunlari Boeing 737-800 samolyotlarida amalga oshiriladi. “Begishevo”dan uchib chiqish vaqti soat 11:55, Toshkentdan soat 18:10 da amalga oshiriladi. Har bir aeroport uchun mahalliy vaqt ko‘rsatilgan. Bu haqda Tatariston transport va yo‘llar boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.

Uchish umumiy vaqti 2 soat 55 daqiqa. Chiptalarning minimal narxi barcha soliq va to‘lovlarni hisobga olgan holda 7652 rublni (taxminan 114 $) tashkil etadi.

Nordwind Airlines aviakompaniyasining marshrut tarmog‘ida Toshkent Moskva, Simferopol, Antaliya va Monastirdan keyin “Begishevo” aeroportidan beshinchi yo‘nalish bo‘ladi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi