O‘zbekistonga xorijdan kelgan shaxslar karantinga olinmaydi
Respublika maxsus kommissiyasi qarori bilan vaziyat barqaror bo‘lgan davlatlardan kelgan shaxslar karantinga olinmaydi, kasallanish holatlari kamayotgan davlatlardan kelganlar uy karantiniga olinadi. Quyida davlatlar ro‘yxati keltirilgan.

O‘zbekiston Respublikasiga:
- sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lgan (yashil reyslar) — Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi va Isroil davlatlaridan (oxirgi 14 kun ushbu mamlakatlarda bo‘lib turgan) kirib kelgan shaxslar KARANTIN NAZORATIGA OLINMAYDI;

15 iyundan vaziyat barqaror bo‘lgan davlatlarga aviaqatnovlarga ruxsat berildi
- koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaygan (sariq reyslar) — Yevropa Ittifoqi, Malayziya, Tailand, Singapur davlatlaridan (oxirgi 14 kun ushbu mamlakatlarda bo‘lib turgan) kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida UY KARANTINI nazoratiga olinadi;
- koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan (qizil reylar — evakuatsiya reyslari) — qolgan boshqa davlatlar, shu jumladan, BAA, Turkiya, Eron, Afg‘oniston, Rossiya va boshqa MDH davlatlaridan kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida KARANTIN nazoratida SAQLANADI.
Sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lgan va yaxshilanayotgan mamlakatlarda aviareys qatnovi kuniga qadar uzluksiz 14 kundan kam bo‘lgan, shuningdek, og‘ir sanitariya-epidemiologik vaziyat saqlanib qolayotgan davlatlardan tranzit orqali kelayotgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasiga kelish uchun AVIABILETLAR REALIZATsIYa QILINMAYDI.



