14-oktabr, chorshanba08:59Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Xalqaro valyuta jamg‘armasi COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga 375 million dollar ajratadi

Ushbu mablag‘lar global inqiroz va koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.

1 daqiqa o'qish55 marta o'qildi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) direktorlar kengashi koronavirus bilan kurashish uchun respublikaga 375 million dollar ajratishga qaror qildi, deya xabar beradi jamg‘arma.

“Xalqaro valyuta jamg‘armasi Ijroiya kengashi O‘zbekistonning COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashini qo‘llab-quvvatlash uchun tezkor kredit mexanizmi va tezkor moliyalashtirish vositasi doirasida 375 million dollar ajratilishini ma’qulladi», - deyiladi xabarda.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) koronovirus tarqalishi oqibatida yuzaga keluvchi iqtisodiy inqirozni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalarini bermoqda

Jamg‘arma ma’lumotlariga ko‘ra, imtiyozli kreditlar 5 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga 125 million dollar miqdoridagi tez foizsiz kreditlashni (Rapid Credit Facility) nazarda tutadi. Shuningdek, 250 million dollar miqdoridagi mablag‘lar 5 yillik muddatga tez moliyalashtirish vositasi shaklida, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davrga yiliga 1,05%da ajratiladi.

"Ushbu mablag‘lar global inqiroz va koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi jamg‘armani to‘ldirishga yo‘naltiriladi", - deya qo‘shimcha qildi matbuot xizmati.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi