14-oktabr, chorshanba08:05Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

“O‘zsanoatqurilishbank” yevrobond chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

“O‘zsanoatqurilishbank” dollardagi yevrobond chiqarish uchun road show o‘tkazmoqda. Bu haqda Cbonds.ru nashriga tayanib, spot.uz xabar bermoqda.

1 daqiqa o'qish1 938 marta o'qildi

“O‘zsanoatqurilishbank” dollardagi yevrobond chiqarish uchun road show o‘tkazmoqda. Bu haqda Cbonds.ru nashriga tayanib, spot.uz xabar bermoqda.

Bondlar 5 yilga mo‘ljallab chiqarilmoqda. Potensial investorlar bilan uchrashuvlar 18 – 20 noyabr kunlari Syurix, Frankfurt va Londonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. SQBning bondlarini Qo‘shma shtatlarning Citi, JPMorgan hamda Germaniyaning Commerzbank va Rayffayzenbanklari London birjasiga joylashtiradi.

Mutaxassis ushbu jarayonga quyidagicha munosabat bildirdi: “O‘zbekiston 5 yillik Yevrobondlarni nisbatan juda baland 4,75% dan joylashtirgan. Chunki bizga berilgan suveren reyting bilan bondlarimiz "junk" (spekulyativ) toifasini olgan. Banklarimiz yevrobondlarini bundan xam yuqori stavkada joylashtirishga to‘g‘ri keladi”.

Bundan tashqari, daromadliligi 5,375% bo‘lgan 10 yillik evrobondlarimiz ham hozir 110 dollardan sotilmoqda, ularning daromadliligi esa 4%gacha tushib ketgan.

Shuningdek, O‘zbekistonning neft-gaz davlat konserni “O‘zbekneftegaz” ham kelgusi yilda qiymati 1 mlrd. dollar bo‘lgan yevrobond chiqarishini ma’lum qilgan edi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi