16-oktabr, juma03:01Toshkent +18°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD12 011,65▲ 48,49EUR13 462,66▲ 72,30RUB143,17▲ 0,84CNY1 795,17▲ 7,70GBP15 911,83▲ 41,50JPY76,05▲ 0,55KRW8,93▼ 0,02CHF14 466,64▲ 108,55KZT26,51▲ 0,04
Iqtisodiyot va biznes

“To‘maris” konidagi yangi quduqdan gaz olindi

O‘zbekiston va Turkmaniston chegarasidagi “To‘maris” koni 2018 yil avgust oyida ochilgan. Hozirda u yerdan kunlik 720 ming kub metr gaz qazib olinmoqda.

1 daqiqa o'qish146 marta o'qildi

Joriy yilning 11 yanvar kuni “To‘maris” konida navbatdagi 4-sonli yangi quduq ishga tushirildi. U yerdan sanoat miqyosidagi kunlik 110 ming kub metr tabiiy oqimi olindi.

Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, hozirgi kunda kondagi jami 4 ta quduqdan kunlik 720 ming kub metr gaz qazib olinmoqda.

“To‘maris” konidan qazib olinayotgan tabiiy gaz qayta ishlanib magistral gaz quvurlari orqali iste’molchilarga yetkazib berilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “To‘maris” koni O‘zbekiston va Turkmaniston chegarasida joylashgan. “O‘zbekneftgaz” uni 2018 yil avgust oyida ochgan edi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi