14-oktabr, chorshanba10:43Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Markaziy bank 2020 yildan inflyasion targetlashga o‘tadi

2020 yildan Markaziy bank inflyasion targetlashga o‘tadi. 2023 yilgacha inflyasiya bo‘yicha doimiy target 5 foiz darajasida etib belgilandi.

1 daqiqa o'qish1 938 marta o'qildi

O‘zbekiston Markaziy banki 2020 yil 1 yanvardan bosqichma-bosqich inflyasion targetlash rejimiga o‘tadi. Bu haqda prezidentning 19 noyabrdagi farmonida so‘z boradi. Inflyasiya darajasini 2021 yilda 10 foizgacha pasaytirish hamda 2023 yilda 5 foiz darajadagi doimiy inflyasion maqsadni (target) o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

Inflyasion targetlash, bu — davlat idoralari tomonidan mamlakatda inflyasiyani nazorat qilish uchun ko‘radigan monetar chora-tadbirlar majmuidir. Buning uchun o‘rta muddatli makroiqtisodiy prognozni belgilanishi, so‘ngra prognozdan chetga chiqqan taqdirda — iqtisodiyotdagi maqbul holatga qaytishga imkon beruvchi chora-tadbirlar majmui ishlab chiqilishi kerak.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi