14-oktabr, chorshanba13:06Toshkent +23°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Toshkentdagi "Versal" restorani sotildi

Toshkent shahridagi "Versal" restoranini auksion savdolariga qo‘ygan edi. 15 iyun kuni restoran auksionda 35,33 mlrd. so‘mga sotildi.

1 daqiqa o'qish189 marta o'qildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi Toshkent shahridagi "Versal" restoranini auksion savdolariga qo‘ygan edi.

Sotuvdan ko‘zlangan maqsad — xususiylashtirish, sababi restoran «Munitsipial aktivlarni boshqarish markazi» DUKning ta’sisligidagi «Tantana servis» MChJga tegishli.

Bino 0,33 gektar maydonni egallagan va qurilish maydoni 6,5 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Bino fundamenti betondan va o‘zi pishgan g‘ishtdan qurilgan. Gaz, suv va elektr tarmoqlari mavjud.

"Versal"ning boshlang‘ich narxi — 34,6 milliard so‘m. Savdolarda ishtirok etish uchun 1,7 milliard so‘m miqdorida zakalat puli o‘tkazish talab qilingan. Lotda investitsion majburiyatlar belgilanmagan.

Arizalar 13 iyungacha qabul qilingan bo‘lib, savdolar esa 15 iyunda o‘tkazildi.

"Versal" restorani binosi auksionda 35,33 mlrd. so‘mga "DIAMOND DRINKS CO" MChJga sotildi.

Ma’lumot uchun, "Versal" auksionga birinchi marta qo‘yilayotgani yo‘q, 2011 yilda «Alp Jamol bank»ni tugatish komissiyasi restoranni sud qarori asosida auksionga qo‘ygandi. O‘shanda to‘yxonaning boshlang‘ich narxi taxminan 37,5 milliard so‘m deb belgilangan.

2018 yilda "Versal" restorani Tashkent City qurilishi sabab buzilgan Ezidyor’ga egalik qilgan Grand Duet kompaniyasiga berilishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar tarqalgan.

Yakunda kompaniyaga Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Sayohat restorani nasib qildi. «Sayohat» ham 2011 yilda «Alp Jamol bank» ishi tufayli auksionda savdoga qo‘yilgan to‘yxonalardan biri.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi