# auksion

Hokim va rahbarlarga biriktirilgan qimmat narxdagi xizmat avtomobillari auksion orqali sotiladi
Hokim va rahbarlar xizmat avtomobillaridan faqat xizmat maqsadlarida foydalanilishi jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadi hamda xizmatdan tashqari maqsadlarda foydalanish holatlari aniqlanganda, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining maxsus veb-portaliga, shuningdek, maxsus mobil dasturiy ta’minotiga foto va video materiallarni joylashtirish orqali xabardor qilinadi.

"Chiroyli" avtomobil raqamlari arzon narxda auksionga qo‘yiladi
Auksionga qo‘yiladigan "chiroyli" avtomobil raqamlarining boshlang‘ich narxlari Toshkent shahrida 300 ming so‘mdan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 200 ming so‘mdan boshlanadi.

Auksion savdolarining natijalari QR-kod orqali rasmiylashtiriladi
“E-IJRO AUKSION” tizimida 1 sentyabrdan yangi tartiblar joriy qilinadi.

Hukumat xususiylashtirishdan qancha daromad olgani ma’lum bo‘ldi
Joriy yilning boshidan buyon 352 ta davlat aktivlari, shu jumladan 77 ta kompaniyaning aksiyalari va 275 ta ko‘chmas mulk ob’yektlari sotuvga qo‘yilgan.

Toshkentdagi "Versal" restorani sotildi
Toshkent shahridagi "Versal" restoranini auksion savdolariga qo‘ygan edi. 15 iyun kuni restoran auksionda 35,33 mlrd. so‘mga sotildi.