14-oktabr, chorshanba08:55Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Toshkent shahri va ikki viloyat "sariq" hududga kiritildi

"Sariq" toifadagi hududda oxirgi 14 kun davomida koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlanmagan. Ushbu hududlarda ayrim cheklovlar saqlab qolinadi.

1 daqiqa o'qish565 marta o'qildi

Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 6 maydagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq koronavirus tarqalishi holatining hududlar kesimidagi tahlilidan kelib chiqib, karantin cheklovlari joriy yil 8 mayidan boshlab quyidagi uchta toifaga kiruvchi hududlarga ajratilib, bosqichma bosqich bekor qilib boriladi.

Respublika maxsus komissiyasi: 8 maydan karantin cheklovlari bosqichma bosqich bekor qilinadi

Ikkinchi — "sariq" toifadagi hudud — oxirgi 14 kun davomida koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlanmagan, biroq ushbu kasallikka chalingan va davolanayotgan shaxslar mavjud bo‘lgan hududlar:

  • Surxondaryo,
  • Xorazm viloyatlari,
  • Toshkent shahri.

"Sariq" hududlarda ayrim cheklovlar saqlab qolinadi.

"Sariq" hududlarda, "qizil" hududlarga qo‘shimcha ravishda yana quyidagi faoliyat turlariga ruxsat beriladi:

  • nooziq-ovqat mahsulotlari chakana savdo do‘konlari, zargarlik va gul sotish do‘konlari, sartaroshxona va go‘zallik salonlari (maxsus talablar asosida) hamda mehmonxonalar (xostellar va mehmon uylari bundan mustasno) faoliyati;
  • avtomashinalar yuvish shoxobchalari faoliyati, avtomobillar, qishloq xo‘jaligi va qurilish texnikalariga texnik xizmat (servis) ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyati;
  • hunarmandchilik, maishiy jihozlar va elektron qurilmalarni ta’mirlash ustaxonalari faoliyati;
  • yo‘nalishsiz taksida maxsus talablar asosida yo‘lovchi tashish, velosiped va skuterda harakatlanish.
O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi