O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olgan 10 nafar bemor og‘ir ahvolda
Bugun, 6 may kuni 46 fuqaro to‘liq sog‘ayib, reabilitatsiya markazlariga o‘tkazildi. Shifoxonada davolanayotgan bemorlarning 10 nafari og‘ir ahvolda.

Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan 10 nafar bemor og‘ir ahvolda ekanligi haqida ma’lum qildi.
Ayni vaqtda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan 2217 bemor ro‘yxatga olingan. Bugun 46 fuqaro to‘liq sog‘ayib, reabilitatsiya markazlariga o‘tkazildi. Shu tariqa kasallikdan to‘liq sog‘ayganlar soni 1547 nafarga yetdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, shifoxonalarda davolanayotgan bemordan 10 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir.



