14-oktabr, chorshanba10:42Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

TDIU talabalariga bank xodimlari dars o‘tishi taklifi bildirildi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o‘tkazilgan uchrashuvda Markaziy bank Kadrlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Mirxodjayev Ulug‘bek TDIUda dars mashg‘ulotlarini bank xodimlari o‘tishini taklif qildi.

1 daqiqa o'qish56 marta o'qildi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari, Markaziy bank hamda aksiyadorlik tijorat banklarining kadrlar bilan ishlash bo‘yicha boshliqlari ishtirokida talaba-yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Markaziy bank Kadrlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Mirxodjayev Ulug‘bek TDIUda dars mashg‘ulotlarini sohadagi bugungi islohotlar jarayoniga monandligini ta’minlash maqsadida banklarda faoliyat yuritayotgan malakali mutaxassislarni jalb etishni taklif qildi.

Ma’lumot uchun, so‘ngi o‘quv yilida TDIUning “Bank ishi” ta’lim yo‘nalishini tamomlagan bitiruvchilarning 67 foizi, ayni mutaxassislikda magistraturani bitirganlarning 83 foizi bank tizimida mehnat faoliyatini olib bormoqda.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi