14-oktabr, chorshanba08:05Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Subsidiya mablag‘lari mijoz tomonidan qaytarib beriladimi?

Markaziy bank kam ta’minlangan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilalar uchun berilgan subsidiya mablag‘lari mijoz tomonidan qaytarib beriladimi?, degan savolga javob berdi.

1 daqiqa o'qish169 marta o'qildi

Cubsidiya bu – ipoteka kreditlari asosida birlamchi uy-joy bozorida kvartiralarni sotib olish uchun boshlang‘ich badal va /yoki kredit foizi xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida davlat byudjetidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi uchun bankda uning nomiga ochilgan tegishli hisobvarag‘iga o‘tkazilgan pul mablag‘laridir.

Kredit to‘lovlari o‘z vaqtida to‘lab borilganda, subsidiya mablag‘lari qaytarib to‘lanmaydi. Ya’ni bu kam ta’minlangan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilalar uchun qaytarib berilmaslik tamoyili asosida beriladigan mablag‘lar.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi