O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 32 mlrd dollardan oshdi
Markaziy bank O‘zbekiston rasmiy zaxira aktivlari hajmi 32,3 mlrd AQSh dollari tashkil etishini ma’lum qildi. Oltin-valyuta zaxirasi 2020 yil boshidan deyarli 11 foizga o‘sgan va taxminan 20 oy davomida importni moliyalashtirishga yetadi.

O‘zbekiston rasmiy zaxira aktivlari hajmi 32,331 mlrd AQSh dollariga teng bo‘ldi, deya ma’lum qilinadi Markaziy bankning mamlakat xalqaro zaxiralari to‘g‘risidagi statistikasida.
Hisob-kitobga ko‘ra, jami 32,331 mlrd dollarli zaxira hajmidan 19,482 mlrd dollarni oltin tashkil etadi. Shu bilan birga, xorijiy valyutadagi zaxira aktivlar 12,484 mlrd dollarga teng. Qolgan 364,9 mln dollar esa SDR (maxsus qarz olish huquqlari — Halfaro valyuta jamg‘armasining xalqaro zaxira va to‘lov vositasi)dan iborat.
2020 yilning boshidan O‘zbekiston rasmiy zaxira aktivlari hajmi deyarli 11 foizga o‘sgan (1 yanvar — $29,172 mlrd va 1 iyul — $32,331 mlrd).
O‘zbekistonning «xafsizlik yostig‘i» hisoblanmush oltin-valyuta zaxirasi taxminan 20 oy davomida importni moliyalashtirishga yetarli bo‘lib, XVJ va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan ko‘rsatkichdan ko‘p.
Ma’lumot uchun, Markaziy bank xalqaro zaxiralarni hisoblash metodikasini Xalqaro valyuta jamg‘armasining standartlari asosida yuritadi. Xalqaro zaxiralarning tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.



