16-oktabr, juma01:37Toshkent +18°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD12 011,65▲ 48,49EUR13 462,66▲ 72,30RUB143,17▲ 0,84CNY1 795,17▲ 7,70GBP15 911,83▲ 41,50JPY76,05▲ 0,55KRW8,93▼ 0,02CHF14 466,64▲ 108,55KZT26,51▲ 0,04
COVID-19

Siz yashab turgan joy qanday hududga kiradi? O‘z hududingizni bilib oling

O‘zbekistonda «qizil», «sariq» va «yashil» toifaga ajratilgan tuman va shaharlar ro‘yxati e’lon qilindi. Respublika maxsus komissiyasining qarori asosida 11 maydan «qizil», «sariq» va «yashil» hududlarga ajratilgan tuman va shaharlar haqida ma’lumot berildi.

1 daqiqa o'qish2 285 marta o'qildi

Respublika maxsus komissiyasi mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalish holatining hududlar kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning davolanish (sog‘ayish) dinamikasi holatidan kelib chiqqan holda respublika hududlari 2020 yilning 11 mayidan e’tiboran tuman va shaharlar darajasida toifalarga ajratdi.

Bunda:

  • «sariq» va «qizil» toifadagi viloyatlarda koronavirus infeksiyasi umuman aniqlanmagan tuman (shahar)lar «yashil» toifaga kiritiladi;
  • «yashil» yoki «sariq» toifadagi viloyatning biror-bir tumani (shahri)da koronavirus infeksiyasi aniqlanadigan bo‘lsa, butun viloyatning toifasini o‘zgartirmagan holda tegishli tuman (shahar)ning o‘zi «qizil» toifaga o‘tkaziladi.

Toshkent shahrini «qizil», «sariq» va «yashil» toifalarga ajratish epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining taklifi asosida mahallalar, dahalar, mavzelar kesimida amalga oshirilishi mumkin.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi koronavirus infeksiyasi tarqalish holatining har bir tuman (shahar) kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning davolanish (sog‘ayish) dinamikasi holatidan kelib chiqqan holda tuman (shahar)larning toifasini o‘zgartirish yuzasidan doimiy ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga taklif kiritib boradi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi