Pandemiya bo‘lishiga qaramay xorijdan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari ko‘paygan
Markaziy bankning xabar qilishicha, joriy yilda O‘zbekistonga transchegaraviy pullarning kelish hajmi avvalgi yilga nisbatan 8 foizga oshgan.

Joriy yil yanvar-oktyabr davomida respublikamizga kelib tushgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 4,88 mlrd. dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 148 mln. dollarga yoki 3 foizga kamaydi.
Chet elga yuborilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari miqdori 934 mln. dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 67 mln. doll. yoki 8 foizga oshdi.
Natijada transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo 3,95 mlrd. dollarga yetdi.



