14-oktabr, chorshanba10:44Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

O‘zbekiston 10 yillik yevrobondlar chiqarishga tayyorlanmoqda

Markaziy bankga Citi, Gazprombank, JP Morgan, Societe Generale va VTB Kapital banklari yordam berishadi.

1 daqiqa o'qish36 marta o'qildi

O‘zbekiston 10 yillik yevrobondlar chiqarishga tayyorlanmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda, 10 yilga mo‘ljallangan nominali dollarda ko‘rsatilgan yevrobondlar chiqarish rejalashtirilmoqda. Qimmatli qog‘ozlarni bozorga chiqarishda O‘zbekiston Markaziy bankiga Citi, Gazprombank, JP Morgan, Societe Generale va VTB Kapital banklari lid-menedjerami va bukranner sifatida yordam berishadi.

“O‘zsanoatqurilishbank” yevrobond chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Banklar investorlar bilan xalqaro konferens-qo‘ng‘iroq ilishni rejalashtirishgan. Shuningdek bir qator individual qo‘ng‘iroqlar qilish ham rejalashtirilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston potensial investorlar bilan milliy valyutada (so‘m) sarmoya kiritish masalasini ham muhokama qilishga kelishib olgan.

Eslatib o‘timiz, 2019 yilning boshida O‘zbekiston qiymati $1 milliard dollar bo‘lgan yevrobondlarni muvaffaqiyatli joylashtirgan edi. Bundan tashqari yaqinda O‘zbekiston Energetika kompaniyalari ham sarmoya jalb qilish maqsadida mustaqil ravishda qimmatli qog‘ozlar chiqarishi haqida prezident Shavkat Mirziyoyev aytib o‘tgan edi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi