14-oktabr, chorshanba08:07Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizlik belgisi bilan tamg‘alanadi

2021 yil 1 iyuldan ta’lim, sport va tibbiyot muassasalarida xavfsizlik belgisi bilan tamg‘alanmagan oziq-ovqat mahsulotlarini sotish taqiqlanadi.

1 daqiqa o'qish48 marta o'qildi

“Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlarini tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdori inson sog‘lig‘i uchun xavfsiz yoki zararli ekanligini ko‘rsatuvchi belgilar bilan tamg‘alanadi.

Bunda:

2021 yil 1 iyuldan:

  • oziq-ovqat mahsulotlarini tamg‘alash ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi;
  • ta’lim, sport va tibbiyot muassasalarida xavfsizlik belgisi bilan tamg‘alanmagan oziq-ovqat mahsulotlarini sotishga yo‘l qo‘yilmaydi hamda bunday mahsulotlarni realizatsiya qilish savdo qoidalarini buzish sifatida baholanadi.

    Ayollar va bolalar ayrim turdagi dori vositalari bilan bepul ta’minlanadi

2025 yil 1 yanvardan respublikaga sotish uchun olib kiriladigan va mahalliy ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlari ularning inson sog‘lig‘i uchun xavfsiz yoki zararli ekanligini ko‘rsatuvchi belgilar bilan majburiy tartibda tamg‘alanadi.

Oziq-ovqat mahsulotlarining inson sog‘lig‘i uchun xavfsiz yoki zararli ekanligini belgilash davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Hujjat haqidagi to‘liq ma’lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi