14-oktabr, chorshanba09:00Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Bojxonadan ipak chiqindilari va xom ipakning olib chiqilishi monitoring qilinadi

Mazkur tartib 2021 yil 1 fevraldan boshlab amalga kiritiladi.

1 daqiqa o'qish47 marta o'qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Qo‘mita Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi va unga Bosh vazir taqdimnomasiga binoan Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan rais rahbarlik qiladi.

Qo‘mita markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari xodimlariga uzoq yillik xizmati uchun tegishlicha 60 foizgacha miqdorda har oyda ustama to‘lanadi.

Shuningdek, qaror bilan bojxona chegarasi orqali ipak chiqindilari va xom ipakning olib chiqilishini monitoring qilish tartibi belgilandi.

Unga ko‘ra, eksport qiluvchi tashkilotlar tomonidan taqdim qilingan eksport kontraktlari “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tomonidan 2 ish kunida Prezident va Hukumat qarorlarida belgilangan hajmlarga muvofiqligi bo‘yicha monitoringdan o‘tkaziladi.

Mazkur tartib 2021 yil 1 fevraldan boshlab amalga kiritiladi.

Hujjat haqidagi to‘liq ma’lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi