O‘zbekistonga kelib tushgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari 217 mln. dollarga kamaydi
Markaziy bank matbuot xizmati O‘zbekistonga kelib tushgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi, chet elga yuborilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari miqdori to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Respublikamizga kelib tushgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 3 mlrd. dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 217 mln. dollarga yoki 7 foizga kamaydi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.
Chet elga yuborilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari miqdori 516 mln. dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 47 mln. doll. yoki 8 foizga kamaydi.

Natijada transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo 2,5 mlrd. dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 170 mln. dollarga (yoki 6 foizga) kamaydi.



