14-oktabr, chorshanba08:07Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

O‘zbekistondagi uchta sohada korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi tahlil qilindi

Ta’lim, qurilish va sog‘liqni saqlash sohalarida korrupsiya qarshi kurashish bo‘yicha faoliyat yuzasidan axborot berildi.

1 daqiqa o'qish890 marta o'qildi

29 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi majlisi o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistondagi korrupsiya xavfi bo‘lgan sohalar

Majlisda ta’lim, qurilish va sog‘liqni saqlash sohalarida korrupsiya qarshi kurashish bo‘yicha faoliyat yuzasidan Bosh prokuror o‘rinbosari E.T.Yuldashevning axboroti eshitildi.

Jumladan, oliy ta’lim muassasalarida jamoatchilik kengashlari shakllantirilib, korrupsiya muhitini keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash uchun anonim so‘rovlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri muassasa rahbariyati yoki vazirlikka elektron shaklda murojaat qilish (shu jumladan anonim tarzda) imkoniyati yaratildi.

Kapital qurilish sohasida esa “Qurilishdagi nazorat” quyi tizimi Toshkent shahrida sinov tariqasida ishga tushirilib, qurilish nazoratini amalga oshirish jarayonida elektron hujjat almashinuvini bosqichma-bosqich joriy etish belgilandi.

Sog‘liqni saqlash sohasida mijozlarni ovqat bilan ta’minlash, kir yuvish, bino va inshootlarni saqlab turish, shuningdek, ularni muhandislik-texnik tizimlariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash hamda tibbiy buyumlarni zararsizlantirish xizmatlari autsorsingga o‘tkazildi.

Korrupsiya haqida xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus mobil dastur yaratiladi

Shuningdek, tadbirda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida yangi zamonaviy elektron tizimini joriy etish, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanib, targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada jadallashtirish, korrupsiya illatini batamom yo‘q qilish maqsadida hamjihatlikda kompleks nazorat choralarini ko‘rish masalalari ham muhokama qilindi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi