14-oktabr, chorshanba08:08Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Bo‘sh turgan ob’yektlardan foydalanishni tashkil etadigan markaz tuzildi

Markaz tugatilayotgan “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” DUKning barcha huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

1 daqiqa o'qish56 marta o'qildi

Davlatimiz rahbarining “Bo‘sh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot xizmati ma’lumot berdi.

Qarorga ko‘ra, faoliyat ko‘rsatmayotgan, ishlatilmay turgan noturar ob’yektlardan oqilona va samarali foydalanish hamda ularni tashkilotlarning xo‘jalik faoliyatiga keng jalb etish maqsadida Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari huzuridagi “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat unitar korxonalari negizida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Bo‘sh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari tashkil etilmoqda.

Markazning jami xodimlar soni 309 nafarni tashkil etadi.

Markaz Agentlikning tugatilayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari huzuridagi “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” DUKning barcha huquqlari va majburiyatlari, shu jumladan shartnomaviy munosabatlar bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi