14-oktabr, chorshanba14:04Toshkent +23°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni oshdi

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar bugun, avvalgi kunlarga nisbatan eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. 21 aprel holatiga ko‘ra koronavirusdan tuzalganlar 96 nafarni tashkil etdi.

1 daqiqa o'qish2 460 marta o'qildi

Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlardan yana 13 nafari butkul sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Sog‘aygan bemorlarning 3 nafari erkak, 10 nafari ayollardir. Ulardan 11 nafari poytaxtimizdan, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridan 1 nafardan. Bemorlardan 1 nafari charter reysda Turkiyadan Toshkentga kelgan. Qolgan 12 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 71 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi esa 2019 yilda tug‘ilgan. Samarali davolash muolajalaridan keyin, so‘nggi tekshiruvlar ularda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar bugun, avvalgi kunlarga nisbatan eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan holda, ularning soni shu kungacha 357 nafarni tashkil etmoqda.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi