14-oktabr, chorshanba10:42Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Namanganda koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemor vafot etdi

14 aprel kuni Namangan shahrida yashovchi G. og‘ir ahvolda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Zudlik bilan amalga oshirilgan laborator tahlil natijasida unda koronavirus infeksiyasi borligi tasdiqlangan.

1 daqiqa o'qish384 marta o'qildi

Shu yilning 14 aprel kuni Namangan shahrida yashovchi G. og‘ir ahvolda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Zudlik bilan amalga oshirilgan laborator tahlil natijasida unda koronavirus infeksiyasi borligi tasdiqlangan. 54 yoshli ushbu bemor (ayol) oldin ham gipertoniya va qandli diabet tashxisi bilan surunkali kasallanib kelgan. Ushbu kasalliklari hisobiga u 17 aprel kuni viloyat yuqumli kasalliklari shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga olingan.

Bemorning shu kungacha kunlik ahvoli mamlakatimizdagi mazkur sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining nufuzli mutaxassis shifokorlari nazoratida bo‘lgan. Ular tomonidan muntazam konsiliumlar o‘tkazib kelingan.

Biroq mutaxassislarning belgilangan standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi