14-oktabr, chorshanba10:48Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

O‘zbekiston joriy yil yanvar-oktyabr oylarida qancha oltin import qilgani ma’lum qilindi

2020 yil yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston importining hajmi 16,7 mlrd dollarni tashkil qilgan.

1 daqiqa o'qish125 marta o'qildi

O‘zbekiston eksportining 43,5% ulushini oltin tashkil qiladi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining 2020 yil yanvar-oktyabr oylari davomidagi tashqi savdo aylanmasi haqidagi ma’lumotida keltirilgan.

So‘nggi ikki oy davomida oltin eksport qilinmagan bo‘lsa-da, jami 13,3 mlrd dollarni tashkil qilgan eksport hajmining 5,8 mlrd dollar qismi oltin eksportiga tegishli. 2018 yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 15,1 foizga, 2019 yilda esa 28,1 foizga teng bo‘lgan.

Yanvar-oktyabr oylari bo‘yicha O‘zbekiston importining hajmi 16,7 mlrd dollarni tashkil qilib, shundan 25,3 mln dollar oltin importiga to‘g‘ri keladi.

Bu vaqt oralig‘idagi eksport hajmining eng katta qismini oltin egallagan bo‘lsa, importning 37,8 foiz ulushini mashinalar va transport asbob-uskunalar tashkil qilgan.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi