14-oktabr, chorshanba08:07Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Toshkent viloyatida tashkil etilgan xalqaro investitsion forumda qiymati 1 milliard dollardan ortiq bo‘lgan kelishuvlarga erishildi

Toshkent viloyatida 40 dan ortiq davlatdan 350 nafarga yaqin xorijlik biznes sohasi vakillari, investorlar ishtirok etayotgan “Invest in Tashkent Region” xalqaro investitsion forumining birinchi kunida qiymati 1 milliard dollardan ortiq bo‘lgan kelishuvlarga erishildi.

1 daqiqa o'qish2 203 marta o'qildi

Toshkent viloyatida 40 dan ortiq davlatdan 350 nafarga yaqin xorijlik biznes sohasi vakillari, investorlar ishtirok etayotgan “Invest in Tashkent Region” xalqaro investitsion forumining birinchi kunida qiymati 1 milliard dollardan ortiq bo‘lgan kelishuvlarga erishildi.

Xususan, xorijlik investorlar bilan qishloq xo‘jaligi, qurilish, turizm, tibbiyot, logistika kabi qator yo‘nalishlar bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Jumladan, Toshkent viloyati hokimligi va Janubiy Koreyaning “Dongil construction” kompaniyasi o‘rtasida loyiha qiymati 400 million dollarni tashkil etuvchi zamonaviy ko‘p tarmoqli shaharcha barpo etish, Xitoyning “Phoenix international wisdom technology investmen” kompaniyasi bilan Nurafshon shahar hokimligi o‘rtasida loyiha qiymati 500 ming dollarni tashkil etuvchi mamlakatimizdagi ilk aqlli shahar – “Smart Sity” qurilishi loyihasi doirasida muhim kelishuvlarga erishildi.

Forum doirasida shuningdek, Eron, Filippin, Turkiya, Germaniya, Rossiya kabi qator davlatlardan kelgan investorlar bilan qator yo‘nalishlarda ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishilib, kelishuvga doir hujjatlar imzolandi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi