14-oktabr, chorshanba08:07Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Moliya vazirligi va Markaziy bank 300 mlrd so‘mlik davlat qimmatli qog‘ozlarini joylashtiradi

Moliya vazirligi va Markaziy bank 20 yanvar, dushanba kuni O‘zbekiston valyuta birjasida davlat qimmatli qog‘ozlari birlamchi joylashtirilishini ma’lum qildi.

1 daqiqa o'qish146 marta o'qildi

Moliya vazirligi va Markaziy bank 20 yanvar, dushanba kuni O‘zbekiston valyuta birjasida davlat qimmatli qog‘ozlari birlamchi joylashtirilishini ma’lum qildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot ximati xabar bermoqda.

Davlat qimmatli qog‘ozlari qisqa muddatli g‘aznachilik majburiyatlari bo‘lib, bir dona majburiyatning nominal qiymati 1 million so‘m.

Chiqarilish hajmi 300 milliard so‘m bo‘lib, muomala davri 273 kun.

So‘ndirish sanasi — 2020 yil 19 oktyabr. Majburiyat bo‘yicha daromad turi diskont bo‘lib, daromadlilik sotib olish (yoki sotish) va so‘ndirish qiymatlari orasidagi farqdan iborat.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi