14-oktabr, chorshanba10:41Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Texnologiyalar

Mobil telefon raqamini o‘zgarishsiz boshqa kompaniyaga o‘tkazish mumkin

Buning uchun mobil aloqa kompaniyasi bilan tegishli shartnoma tuziladi. Ushbu hujjat 2020 yil 1 oktyabrdan kuchga kiradi.

1 daqiqa o'qish146 marta o'qildi

Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga ko‘ra, mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi asosida abonentga ajratilgan abonent raqamini boshqa mobil aloqa operatori bilan yangi shartnoma tuzishda saqlash va undan foydalanish mumkin. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar qildi.

Masalan, agar siz UzMobile abonenti bo‘lsangiz telefon raqamingizni o‘zgarishlarsiz aynan shu ko‘rinishda (kodi bilan birga) Beeline abonenti sifatida rasmiylashtirishingiz mumkin. Buning uchun mobil aloqa kompaniyasi bilan tegishli shartnoma tuziladi.

Ushbu hujjat 2020 yil 1 oktyabrdan kuchga kiradi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi