14-oktabr, chorshanba08:05Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Texnologiyalar

Har bir aholi Internetga ulanish imkoniyatiga ega bo‘ladi

2022 yil yakuniga qadar har bir aholi punkti 10 Mbit/s dan kam bo‘lmagan ma’lumotlarni uzatish tezligidagi Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati bilan ta’minlanadi.

1 daqiqa o'qish44 marta o'qildi

O‘zbekiston Prezidentining 5 oktyabrdagi «Raqamli O‘zbekiston — 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq, har bir aholi punkti 10 Mbit/s dan kam bo‘lmagan Internetga ulanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar qildi.

Farmonga ko‘ra,

  • 2020 yil 1 noyabrdan barcha vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amaldagi rahbar o‘rinbosarlaridan biriga raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosar (Chief Digital Officer) vakolatlari yuklatiladi.
  • 2021 yil 1 yanvardan:
  • fuqarolar tomonidan tizim boshqaruvi, axborot xavfsizligini ta’minlash va boshqa talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda xalqaro IT-sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi;
  • tajriba tariqasida jismoniy shaxsga identifikatsiya ID-kartasini berishda davlat organlari bilan elektron munosabatlarni yo‘lga qo‘yish uchun uning shaxsiy kabineti shakllantiriladi;
  • barcha uchun ochiq bo‘lgan mahalliy dasturiy mahsulotlar va IT-xizmatlar elektron platformasi yaratiladi.
  • 2021 yil 1 iyuldan Ochiq ma’lumotlar portalida davlat xaridlarini amalga oshirish, patentlar, dori vositalarini ro‘yxatga olish va boshqa umumfoydalanishdagi statistik ma’lumotlar onlayn joylashtirib boriladi.
  • 2021 yil 1 sentyabrga qadar har bir tuman va shaharlarda mavjud infratuzilma ob’yektlari negizida keng aholi qatlamlari, ayniqsa, yoshlar va ayollar uchun raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ochiladi.
  • 2022 yil 1 yanvarga qadar barcha mashhur sayyohlik joylari yuqori tezlikdagi Internet bilan ta’minlanadi.
  • 2022 yil yakuniga qadar har bir aholi punkti 10 Mbit/s dan kam bo‘lmagan ma’lumotlarni uzatish tezligidagi Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati bilan ta’minlanadi.
  • 2023 yil yakuniga qadar barcha tuman va shaharlarda mavjud ta’lim muassasalari negizida 200 dan ortiq informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar bosqichma-bosqich tashkil etiladi.
O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi