14-oktabr, chorshanba08:05Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oshadi

“2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

1 daqiqa o'qish6 998 marta o'qildi

“2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 fevraldan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam miqdori 1,07 barobarga oshiriladi.

2020 yil 1 fevraldan boshlab O‘zbekiston hududida:

  • mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 679 330 so‘m;
  • pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 238 610 so‘m;
  • eng kam yoshga doir pensiyalar – oyiga 466 680 so‘m;
  • bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 466 680 so‘m;
  • zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 286 390 so‘m etib belgilandi.

Shuningdek, qaror bilan:

  • 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola 2 yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa, kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam miqdorlari tasdiqlandi.

Bazaviy hisoblash miqdori – 223 000 so‘m o‘zgarishsiz qoldirildi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi