14-oktabr, chorshanba13:13Toshkent +23°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Mehmonxonalar ayrim talablar asosida xizmat ko‘rsatishiga ruxsat berildi

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan mehmonlarni nomerlarga joylashtirishda oilaviy mehmonlar soni 3 nafardan, boshqa mehmonlar soni 2 nafardan oshmasligi lozimligi belgilandi.

1 daqiqa o'qish189 marta o'qildi

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan mehmonxonalar uchun o‘z xizmatlarini tashkil etishda pandemiya sharoitidan kelib chiquvchi qo‘shimcha talablar belgilandi.

Unga ko‘ra:

  • mehmonxonalarda qabulxona, kutish zallari, yo‘laklar, zinalar, lift, sanitar-gigiyenik nuqtalari har 8 soatda hamda umumiy foydalanishdagi buyumlar (eshik tutqichi, lift tugmalari, kutish zalidagi stol, ro‘yxatga olish joyi stoykasi va undagi ruchkalar) har 2 soatda kamida 1 marotaba dezinfeksiya qilinishi;
  • umumiy foydalanishdagi ob’yektlar (lift, sanitariya-gigiyena nuqtalari, valyuta ayriboshlash shahobchalari, ovqatlanish joylari va boshqalar) antiseptik vositalari bilan uzluksiz ta’minlashi hamda qo‘lni davriy tozalab turish bo‘yicha o‘zbek, rus va ingliz tillarida yozilgan ogohlantiruvchi yozuvlar bo‘lishi;
  • binoning kirish qismida tashrif buyuruvchilarning tana haroratini doimiy o‘lchashni va dezinfeksiyalashni yo‘lga qo‘yilishi;
  • xodimlar va mijozlarning sonidan kelib chiqib shaxsiy himoya vositalarining (niqob, qo‘lqop, antiseptik vosita va boshqalar) kamida besh kunlik zahirasi shakllantirilishi va doimiy mavjud bo‘lishi;
  • mehmonxonaning bandlik darajasi 50 foizdan oshgan taqdirda tibbiyot xodimining doimiy faoliyati ta’minlanishi;
  • mehmonlarni nomerlarga joylashtirishda oilaviy mehmonlar soni 3 nafardan, boshqa mehmonlar soni 2 nafardan oshmasligi lozimligi belgilandi.

Mazkur talablar nomerlari soni 10 tadan ko‘p bo‘lgan mehmonxonalarga nisbatan tatbiq etiladi.

Pandemiya sharoitida xostellar va mehmon uylari faoliyatiga ruxsat berilmaydi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi