Markaziy bank valyuta kurslarining so‘mga nisbatan qiymatini ma’lum qildi
Markaziy bank 23 iyundan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Joriy haftada dollar, rubl, qozoq tengisi ko‘tarildi.

Markaziy bank bergan xabarga ko‘ra, 1 AQSh dollarining rasmiy kursi 20,86 so‘mga ko‘tarilib, 10 172,76 so‘mni tashkil qildi. Yevro56,89 so‘mga tushib, 11 368,06 so‘m bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 16 iyundan 1 AQSh dollarining rasmiy kursi 1,29 so‘mga pastlab, 10 151,90 so‘mni tashkil qildi. Yevro 31,91 so‘mga tushib, 11 424,95 so‘m bo‘lgan edi.



